Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Loyiha va loyiha davri tushunchalari va turlari . Investitsiyaviy loyihalar tahlilining jihatlari.
- 1. Loyiha va loyiha davri tushunchalari va turlari .
Nazorat savollari:Kreditning mohiyati nimada? Kreditning asosiy shakllarini sanab o’ting. Kredit tizimi va kredit munosabatlariga ta'rif bering. Kreditning iqtisodiyotdagi funksiyalari. Kreditlashning asosiy tamoyillarini sanab o’ting. Kredit tizimining asosiy tarkibiy qismlari. 11-Mavzu: Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish. Reja 1. Loyiha va loyiha davri tushunchalari va turlari . Investitsiyaviy loyihalar tahlilining jihatlari.2.O’zbekistondagi investitsiyaviy iqlimga ta'sir etuvchi omillar tahlili.3.Investitsiyaviy boshqaruvda biznes-rejaning roli va o’rni.Tayanch iboralar: biznes-reja, YUNIDO, marketing rejasi, ishlab chiqarish rejasi, tashkiliy reja, moliyaviy reja. 1. Loyiha va loyiha davri tushunchalari va turlari .Umumiy tarzda olganda loyiha – bu muayyan maqsadni ko’zlagan, korxona faoliyatini o’zgartirish to’g`risidagi maxsus tarzda rasmiylashtirilgan taklifdir. Investitsiyaviy loyiha – cheklangan vaqt va cheklangan resurslar bilan muayyan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan, o’zaro bo`gliq va muvofiqlashitirilgan tashkiliy, texnik va investitsiyaviy tadbirlar majmuasidir. Loyiha sifatida ko’p narsani qabul qilish mumkin: elevator qurish, mahsulot ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini ishga tushirish, o’quv seminarlarini o’tkazish, traktorni ta'mirlash va h. Bunday tadbirlarning barchasi bir qator umumiy belgilarga ega: ular muayyan va aniq belgilangan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan; bir qator o’zaro bog`liq hatti-harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi; boshlanish va tugallanish vaqti aniq belgilangan bo’ladi; resurslarning cheklanganligi va tashqi sharoitlarning mavjudligi bilan (institutsional, iqtisodiy, huquqiy va h.) tavsiflanadi; resurslarni kiritish va natija olish jarayonlari o’zaro bog`langan, bunda bir martalik qo’yilmalar (vaqtning cheklanganligi) uzoq vaqt davomida natijalarga o’z ta'sirini ko’rsatadi; har biri takrorlanmas sharoitlarga ega va o’ziga xos. Sanab o’tilgan belgilar loyihalarni boshqa turdagi tadbirlardan farqlash imkonini beradi; ularning mavjudligi tadbirni loyiha sifatida e'tirof etilishiga imkon beradi. Loyihalarni, odatda, taktik va strategik loyihalarga ajratadilar. Strategik loyihalarga mulkchilik shaklining o’zgarishini nazarda tutadigan loyihalar kiradi. Taktik loyihalarga esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini o’zgarishi, mahsulot sifatini oshishi, uskunalarni zamonaviylashtirish bilan bog`liq loyihalar kiradi. Mazkur loyihaga nisbatan investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish jarayoni loyiha davri deb atalmish shaklda rasmiylashtiriladi, u quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: Loyihani ifodalash (ayrim hollarda «identifikatsiyalash» atamasi qo’llaniladi). Loyihani ishlab chiqish (tayyorlash). Loyiha ekspertizasi. Loyihani amalga oshirish. Natijalarni baholash. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling