Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Investitsiyaviy loyihalar turlari


Download 1.8 Mb.
bet41/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Investitsiyaviy loyihalar turlari.


Loyihaviy tahlilning ko’p yillik amaliyoti loyihalar ishlab chiqish tajribasini umumlashtirish imkonini beradi. Chet el amaliyotida uchraydigan investitsiyaviy loyihalarning asosiy turlari quyidagilardan iborat.

  1. Mavjud tadbirkorlik faoliyati miqyoslarini o’zgartirmasdan, jismoniy eskirgan uskunalarni almashtirish.

  2. Joriy ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida uskunalarni almashtirish (ma'naviy eskirish).

  3. Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yoki xizmat ko’rsatish bozorini kengaytirish.

  4. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida korxonani kengaytirish.

Ekologik yuklamaga ega bo’lgan loyihalar



  1. Qaror qabul qilish mas'uliyati borasida muhim bo’lgan boshqa turdagi loyihalar.

Investitsiyaviy loyihalar tahlilining jihatlari.


Investitsiyaviy loyihani amalga oshirish natijasida kutilgan ijobiy samaraga erishish uchun, asosiy talablarga amal qilinishini nazorat qilib borish zarur. Ushbu talablarga rioya qilish tahlili, loyihani muvoffaqiyatli amalga oshishini, unga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritilishini yoki, ijobiy natijaga erishish mumkin bo’lmagan taqdirda, loyihadan voz kechish to’g`risida habar beradi. Eng muhimi bunday tahlil ko’p aspektlar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi, chunki mavjud talablardan bittasining bo’lsa ham hisobga olinmasligi loyiha ishtirokchilari uchun salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Loyihani tizimlashtirish uchun quyidagi aspektlarni ajratish qabul qilingan:

    • tijorat tahlili;

    • texnik tahlil;

    • ijtimoiy tahlil;

    • institutsional tahlil;

    • ekologik tahlil;

    • moliyaviy tahlil;

    • iqtisodiy yoki jamiyat samaradorligi tahlili.

Tijorat tahlili.


Tijorat tahlilining maqsadi – ishlab chiqarilishi mo’ljallangan mahsulot va xizmatlar bozorlari, hamda ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan moddiy va moliyaviy resurslar bozorlari nuqtai nazaridan loyiha istiqbollarini baholashdir. Umuman olganda loyihaning muvoffaqiyati yoki inqirozga uchrashi, loyiha mahsuloti iste'molchilari, loyiha xizmatlaridan foydalanuvchilar, resurslarni yetkazib beruvchi va potensial investorlarga bog`liq bo’ladi.
Tijorat tahlili har doim bozorlarni o’rganishdan boshlanadi. Loyiha mahsuloti, uni amalga oshirish uchun lozim bo’lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning joriy kon'yunkturasini o’rganib bo’lgandan so’ng, tegishli bozorlarni rivojlanish tendensiyalari aniqlanadi va loyihaga tegishli ko’rsatkichlar dinamikasi prognoz (bashorat) qilinadi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling