Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet44/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Texnik tahlil.


Texnik tahlilning asosiy masalalari bo’lib loyihaning optimal miqyosi, uning tarkibiy qismlari, joylashuvi, amalga oshirish muddatini aniqlash, texnologiya tanlash va boshqa texnik va texnologik masalalar xizmat qiladi. Ko’pgina hollarda eng qulay variantni tanlashda moliyaviy tavsiflarga asosiy e'tibor berilishiga qaramasdan, ekologik tavsiflar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnik tahlilda moliyaviy, ekologik, tijorat va boshqa tahlillarning natijalaridan foydalanilganligi sababli, tahlilning ushbu turi har doim boshqa tahlillar bilan parallel ravishda olib boriladi.
Loyiha miqyosi, deyarli barcha hollarda o’zgaruvchan kattalik bo’lib, loyihani ishlab chiqish jarayonida aniqlanadi. Qishloq xo’jaligi va sanoatda, loyiha miqyosi, birinchi navbatda mahsulotga bo’lgan talabga bog`liqdir. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilot imkoniyatlari ham muhim ta'sir ko’rsatishi mumkin. Ayrim hollarda foydalanilishi mo’ljallangan hududiy yoki tabiiy resurslar bo’yicha jismoniy cheklanishlar xal qiluvchi rolni o’ynashi mumkin.
Amaliyotda tekshirilgan texnologiyalarning mavjud bo’lmaganligi, odatda bosqichma-bosqich yondashuvdan foydalanishga olib keladi. Bunday yondashuv tadqiqotlar va moslashuvdan boshlangan holda, keyinchalik namunaviy loyiha va bir oz tajriba orttirilgandan so’ng to’liq miqyosdagi loyihagacha o’sib boradi. Shuningdek miqyos moliyaviy ko’rsatkichlarga ham bog`liq bo’lishi mumkin (misol uchun, loyiha ekspluatatsiyasi yoki uskunalarni davriy yangilash xarajatlari hajmiga). So’nggi natijani maksimumga olib keluvchi miqyos esa har doim optimal sanaladi.
Afsuski, loyiha miqyosini tanlash jarayoni faqatgina texnik nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi, va unda loyihaning moliyaviy va iqtisodiy jihatlari (aspektlari) e'tiborga olinmaydi. Bunday holatda, tanlangan miqyos natijalarni maksimumga olib kelishga yordam berishiga ishonish qiyin.
Loyihalarning tarkibiy qismi. Ko’pgina rivojlanish loyihalari, faoliyatning turli sohalari yoki turlariga mansub bo’lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lishlari mumkin. Misol uchun, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi bilan bog`liq loyiha, sug`orish va drenaj tizimlarini o’zlashtirish, turli xil
mahsulotlarni ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashish va h. o’z ichiga olgan bo’lishi mumkin.
Tahlilning birinchi darajali vazifasi – loyihaning turli tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashtirishdir. Maktab va tibbiyot muassasalarini barpo etish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining unumdorligiga qandaydir munosabatda bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.
Agarda loyiha tarkibiy qismlari o’zaro qalin bog`langan bo’lsa, individual tarzda xarajat va daromadlarni taqsimlashning ma'nosi yo’q; shuning uchun ham turli xil tarkibiy qismlar uchun daromadlilik stavkalarini alohida-alohida hisoblash kerak emas. Bunday holatda butun loyiha uchun sof samarani hisoblash, va keyinchalik, qaysi bir tarkibiy qism hisobiga uni oshirish mumkinligini ko’rib chiqish lozim.
Agarda loyiha tarkibiy qismlarining o’zaro bog`liqlik darajasi past bo’lsa, ularning har birini alohida tahlil qilish lozim. Buning uchun moliyaviy tavsiflardan ham foydalaniladi, bunda turli xil tarkibiy qismlar olinayotgan foyda nuqtai nazaridan o’zaro o’rinbosuvchi, to’ldiruvchi yoki mustaqil bo’lishlari mumkin.
Agarda loyihalarni birgalikda amalga oshirishning umumiy foydasi, ularni alohida amalga oshirishda olinadigan foydadan kam bo’lsa, bunday loyihalar o’zaro o’rinbosuvchi deb, aks holda o’zaro to’ldiruvchi loyihalar deb ataladi. Agarda loyiha mustaqil tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lsa, unda har bir tarkibiy qismni alohida amalga oshirishdan olingan foyda summasi, loyihaning umumiy foydasiga teng bo’ladi. Xarajatlar nuqtai nazaridan ham o’xshash tahlil amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim ko’p qismli loyihalar, xarajatlar nuqtai nazaridan o’zaro to’ldiruvchi, foyda nuqtai nazaridan esa o’zaro o’rinbosuvchi bo’ladilar. Bunda moliyaviy tahlil, ko’p qismli loyihani amalga oshirishdagi xarajatlarning tejalishi umumiy loyiha samaradorligiga qay tarzda ta'sir ko’rsatishini aks ettirishi lozim. Bundan tashqari, ko’p qismli loyihalarning amaliy bahosi tahlilning texnik, texnologik, tijorat va boshqa jihatlarini ham e'tiborga olishi lozim.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling