Mavzu: Iqtisodiy tahlilda dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalaring qo’llanilishi. Reja: Kirish Asosiy qism


Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilning ro’li va o’rni


Download 57.59 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi57.59 Kb.
#1635191
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jalilov Otabek

Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilning ro’li va o’rni

“Boshqariladigan obyektlarning zamonaviy modeli informatsion texnologiyalarga asoslangan tizimning tarkibiy elementi sifatida boshqariluvchi obyektlarning mohiyati va mazmunini ochib berishda, undagi o’zgarishlarni o’lchash metodlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U o’z ichiga mantiqiy so’zlar va matematik ifodalarni oladi; ular boshqaruv obyektda bir-biriga bog’liq elementlarni ifodalaydi; ko’rsatkichlar tizimining qurilishi va tuzilishi; xo’jalik faoliyati mohiyati va natijalarini aks ettiradi; ularni rivojlatirish maqsadi va mezonlarini ifoda etadi” deb ko’rsatilgan. Amaldagi modellarni takomillashtirish birinchi navbatda ishlab chiqarishni boshqaruv sohalarida qo’llaniladigan nazariy va amaliy fanlar rivojlanishiga va ularning yutuqlarini modellar konstruksiyasi tuzishda tatbiq etilishiga bog’liq. Modellarga boshqaruv usullarini joriy etish, ular jumlasiga boshqaruv funksiyasi uslubiyoti, ya’ni tahlilni kiritish zarur shartdir. Chunki, u modellar bilan birgalikda informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining metodik ta’minotini tashkil etadi. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimidagi zamonaviy texnik vositalar, modellar va boshqaruv metodlari iqtisodiy tahlil funksiyalarining imkoniyatlarini to’la amalga oshirishga imkon yaratadi. Bu holatda, ko’p variantli masalalar ichidan eng maqbul yechim oson topiladi, ichki xo’jalik rezervlari to’la ochib beriladi, ularni tez o’zlashtiradi, rejalarni bajarishda yuzaga kelgan holatlarni o’z vaqtida aniq baholaydi, bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, o’z faoliyatini boshqaruv funksiyalari bilan bog’laydi. Bularning barchasi informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida tahlil funksiyasi samaradorligi va ro’lini oshiradi. Hozirgi davrda analitik vazifalar informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining kichik tizimlari tarkibiga kiritib yuborilgan. Ular kichik sistemalar nomlanishida goho uzilmaydi, goho uziladi. Masalan, "Iqtisodiy rejalashtirish va tahlil", "Buxgalteriya hisobi va tahlil" va shu kabilar. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining rivojlanishi va uning yanada takomillashtirish xo’jalik faoliyati tahlili funksiyasini informatsion texnologiyalarga asoslanishini talab etadi. Shu sababli "Kompleks iqtisodiy tahlil" nomli alohida funksional kichik tizimli informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi paydo bo’ldi. Uning bu tartibdagi faoliyati boshqarishning texnologik jarayonlarida va masalalarni yechimiga tizimli yondashishda tahlil funksiyalari rolini oshirishga qaratilgandir. Bu kichik tizim informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida quyidagi afzalliklarni namoyon etadi:

  • Xo’jalik faoliyatida ro’y bergan ijobiy yoki salbiy holatlarning sabablarini aniq bilishga imkon yaratadi;

  • Boshqariladigan ob’ektga ularning miqdor va sifat tomonidan ko’rsatgan ta’sirini aniqlaydi;

  • Boshqaruv tizimining yanada samarali ishlashga o’tkazish uchun yangi variantlar topiladi;

  • Eng asosiysi tahlil yordamida xo’jalik faoliyatini yanada yaxshilashning qo’shimcha imkoniyatlari aniqlanadi.

Tahlil boshqaruv funksiyasi sifatida boshqaruv tizimi bilan birgalikda bir maqsadga qaratilgan, shu tufayli boshqa boshqaruv funksiyalari bilan chambarchas bog’ langan. Masalan, rejalashtirish bilan uni ilmiy asoslangan holda ishlab chiqishda bir tomondan, boshqa tomondan esa rejaning bajarilishi uchun tahlil muhim vosita hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi tahlilni boshqariladigan obyekt holati haqida zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Boshqaruvni eng maqbul qarorlarini qabul qilishda va ishlab chiqarishda analitik ma’lumotlar tahlil natijasida olinadi. Demak, boshqaruv obyektiga tizimli yondashuv informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi strukturasi va mazmuni uning tarkibida mustaqil "Kompleks iqtisodiy tahlil" kichik tizimi alohida tarzda faoliyat ko’rsatishni talab etadi.




  1. Download 57.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling