Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


tuzilganligini tekshirish


Download 0.5 Mb.
bet9/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

tuzilganligini tekshirish.
Reja:

  1. Xisobotning mohiyati, ahamyati va uning oldiga qo’yiladigan talablar.

  2. Hisobot turi, ularning tarkibi, yillik hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko’rish. Hisobotlarni belgilangan muddatlarda to’g’ri va to’liq topshirilganligini tekshirish.

  3. Korxonalarda o’tkazilgan inventarizatsiya (yo’qlama) larni to’g’ri o’tkazilganligini tekshirish.

1. Ma’lum davrga bo’lgan hisob ko’rsatkichlarini umumlashtirish hisobot deb ataladi.
Hisobotda korxona faolyatining barcha bo’g’inlaridagi ishlarga yakun yasaladi. Hisobot ko’rsatkichlarini tahlil qilish natijasida ayrim korxona, sanoat tarmog’i yoki butun davlat korxonalarida ishlarini yaxshilash va takomillashtirishning yangi imkonyatlari topiladi.
Hisobot ko’rsatkichlari kelgusi yillar rejalarini tuzish uchun asos bo’lib ham xizmat qiladi, chunki kelajak rejalarini tuzish uchun mavjud imkonyatlarni bilish muhim ahamyatga egadir. Bunday ma’lumotlar bilan esa hisobot ta’minlaydi. Shu bilan birga joriy hisobotning tashkil qilinishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Korxona hisoboti hisobchilikning barcha turlari tezkor, texnika, statistika va buxgalterya hisobining ma’lumotlari asosida tuziladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’iga asosan tasdiqlangan yagona shakillari va ko’rsatkichlariga amal qiladi.
Hisobotdan korxona rahbarlari va boshqa xalq xo’jaligini boshqarishning barcha tashkilotlari tomonidan to’g’ri foydalanishi uchun u quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

  1. Korxona ishini aniq, to’g’ri va oddiy qilib aks ettirish.

  2. Hisobotni o’z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechiktirmasdan topshirish.

  3. Hisobot ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlariga moslanganligini aks etirish va ularni taqqoslash.

Hisobot ko’rsatkichlarini buzib ko’rsatish yoki noto’g’ri ma’lumotlarni berish korxona rahbarlarini va boshqa rahbar tashkilotlar tomonidan korxona ishi to’g’risida noto’g’ri xulosalarga kelishga sabab bo’ladi. Shuning uchun hisobot ko’rsatkichlari imkoni boricha aniq va ab’ektiv ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan bo’lishi kerk.
Ma’lumki, xisobchilikning asosiy vazifalaridan biri rejaning bajarilishini nazorat qilishdir. Hisobot oldiga qo’yiladigan asosiy talablaridan biri hisobot ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlariga muvofiq bo’lishidir.
2. Hisobot tuzish va topshirish davriga qarab yil ichidagi ( davriy ) va yillik hisobotga bo’linadi. Yil ichidagi ( davomidagi ) hisobot kundalik, besh kunlik, o’n kunlik, oylik, choraklik va yarim yillik bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuni va hisobot ko’rsatkichlarini olish manbaiga qarab hisobotlar statistika va buxgalterya hisobotlariga bo’linadi.
Statistika hisoboti operativ-texnika, statistika va buxgalterya hisobining ma’lumotlariga asoslanib tuziladi. Buxgalterya hisoboti asosan hujjatlar bilan tasdiqlanadigan buxgalteriya hisobi yozuvlari asosida tuziladi.
Xalq xo’jaligidagi roliga qarab hisobotni umumdavlat va idora ichidagi hisobotga bo’lishi mumkin.
Hisobotga kiritilgan xo’jaliklarning soniga qarab dastlabki va yig’ma hisobotga bo’linadi.
Oylik hisobotlar asosan buxgalteriya balansi va statistika hisobotlaridan iborat bo’lib, bu hisobot shakllarining har birida ularning topshirilish sanalari ko’rsatilgan bo’ladi. Korxonalar tomonidan topshiriladigan choraklik buxgalterya hisobotlari buxgalterya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi ikki xil hisobot shakllaridan iboratdir. Bu hisobotlar oyning 15-kunidan kechiktirmasdan topshirilishi shart. Yillik xisobot eng to’la hisobot hisoblanib u korxonadagi barcha reja ko’rsatkichlarining holatini hamda korxonaning moliyaviy ahvolini to’la-to’kis tavsiflab beradi. Korxonalar tuzgan hisobotlar quyidagi joylarga topshiriladi.

  1. O’zining yuqori tashkilotiga.

  2. Davlat soliq inspeksyasiga.

  3. Bank muassasiga.

Korxonalarning yillik buxgalterya hisoboti ularning ta’sis xujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlangan. Yo’riqnomaga ko’ra yillik hisobotlar yuqori tashkilotlarga keyingi yilning 25-martidan kechiktirmasdan topshiriladi.
3. Yillik hisobotni tuzishdan oldin hisob ko’rsatkichlarining aniqligini ta’minlash maqsadida ma’lum tayyorgarlik ishlari qilinadi. Buning uchun ichki va xizmatchilar mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, har xil debitorlar va pudratchilar, bilan olib borilgan hisob-kitoblar solishtiriladi va tekshiriladi.
Buxgalterya hisobining ko’rsatkichlari haqida mavjud bo’lgan asosiy vositalar kam baholi tez eskiruvchi buyumlar, xom-ashyo va materiallar yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqa moddiy boyliklarning qoldig’i bilan taqqoslab chiqiladi. Yillik hisobot korxonaning ishlab chiqarish moliya ( biznes ) rejasi, davlat, mijozlar buyurtmalarning bajarilishi yakunlarini chiqarishda tovar yoki mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan hamda korxonaning tashkiliy xo’jalik moliyaviy ahvolini iqtisodiy tahlil qilgan holda baholash uchun katta ahamyatga ega.
Dastlab yillik hisobot joriy buxgalterya hisobi ma’lumotlari bilan yillik to’liq yo’qlama ( inventarizatsiya ) natijalari taqqoslanib, kamchiliklar to’g’rilangandan so’nggina tuziladi va tahlil qilinadi. Yillik hisobot ta’limotlari huquqiy shaxsning bosh daftari va hisobning jurnal order yoki jadval avtomatlashtirilgan shakillari, registirlari, ma’lumotlariga asosan tuziladi. Yillik hisobot tuzish korxona mablag’larini yo’qlama qilish, muomila ( operatsion ) schotlarni yoritish, foydani taqqoslash yoki zararni qoplash kabi bir qator hisob ishlari bilan uzviy bog’liqdir. Yillik hisobotlar ma’lumotlarini tahlil etishda yo’qlama eng muhim ishlardan bo’lib, u nafaqat moddiy qiymatliklarni haqiqiy qoldig’ini aniqlash, balki butun bir huquqiy shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy tashkil etilishini buxgalterya hisobi ma’lumotlarini qayta tekshirishni, tahlil etishni ta’minlaydi. Yo’qlama huquqiy shaxs rahbarining va boshqa boshqaruv xodimlarining roziliklaridan kelib chiqqan holda to’liq yoki qisman holda o’tkazishi mumkin. Yo’qlama o’tkazishdan maqsad shundan iboratki tuziladigan yillik hisobotdagi iqtisodiy ko’rsatkichlar haqiqiyligini va qonun asosida yoritilganligini hisoblash uchun zarur ma’lumotlar hisoblanadi. Bunda to’liq yo’qlama o’tkazilganda korxonaning tovar material qiymatliklari va pul mablag’lari hamda hisoblashuv holatini tekshirish va tahlil qilish bilan korxona bo’yicha o’tkaziladi.Tahlilning murakkablashuvi, hisob ishlarining doimo bir maromda to’g’ri olib borilishi uchun tovar material qiymatliklar, faqatgina yillik yo’qlamada emas, balki yil davomida ham vaqti-vaqti bilan tekshirib boriladi. Qisman yo’qlama esa korxonaning ayrim bo’limlari ( brigada, omborxona va boshqalar ) dagi tovar mahsulotlari qiymatliklar tekshirib tahlil etiladi. Qisman yo’qlama bundan tashqari ombor mudirlari, g’aznachi va boshqa moddiy javobgar shaxslar almashtirilganda yoki ishdan bo’shatilganda turli tabiiy ofatlardan zararlar ko’rilganda ham o’tkazilishi majburiy hisoblanadi, uning natijalari chuqur tahlil etiladi va xulosalarda aks ettiriladi. O’tkazilgan yo’qlama natijalariga ko’ra xisob registorlariga tuzatishlar kiritilib, joriy yilning dekabr oyi uchun joriy buxgalterya yozuvlari tugatilgandan so’ng muomila schotlarini yopish maqsadida, bundan tashqari dehqon, fermer xo’jaliklarida olingan sof daromadni taqsimlash uchun barcha sintetik va sub’ektlar bo’yicha oldindan balans ma’lumotlari chuqur tahlil qilingan holda tuzatiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling