Mavzu: Jahon xo’jaligining umumiy xususiyatlari va rivojlanishi jihatlari


II BOB.DUNYO XO’JALIGI ASOSIY KO’RINISHLARI VA YANGI JARAYONLAR


Download 83 Kb.
bet4/9
Sana08.04.2023
Hajmi83 Kb.
#1341599
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jahon xo’jaligi taraqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari.

II BOB.DUNYO XO’JALIGI ASOSIY KO’RINISHLARI VA YANGI JARAYONLAR
2.1. Dunyo xo’jaligi va mexnat taqsimotidagi yangi jarayonlar

Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida hamma mamlakatlarning sanoati tarkibida muhim o’zgarishlar yuz bermoqda.


1) hozirgi vaqtda undiruvchi sanoat bilan ishlab beruvchi sanoat o’rtasidagi nisbat o’zgarmoqda. Ancha ko’p mehnat va katta harajat talab qiluvchi undiruvchi sanoatning eng muhim tarmog’i tog’-kon sanoatining salmog’i tobora qisqarib bormoqda, ishlab beruvchi sanoatniki esa o’smoqda.
2) ishlab beruvchi sanoatning o’zida ham muhim o’zgarishlar yuz bermoqda.
a) avtomobilsozlik, samolyotsozlik, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo va rangli metallurgiyaning ayrim tarmoqlari tez sur’atlar bilan o’smoqda.
b) “eng yangi tarmoqlar” deb ataluvchi radioelektronika, organik sintez sanoati, atom energetikasi, raketa texnikasi, yuqoridagi tarmoqlardan ham jadalroq sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
v) “eski tarmoqlar” deb ataluvchi ko’mir, to’qimachilik, qora metallurgiya, kemasozlik, lokomativsozlik tarmoqlari zamonga moslashtirilib, texnik jihatdan qaytadan ta’mirlanmoqda.
g) yoqilg’i-energetika balansida o’zgarishlar bo’lmoqda, yangi materiallar, tabiiy xom-ashyo o’rnini bosuvchi sun’iy materiallar amaliyotga jadal sur’atlar bilan joriy etilmoqda.
Sanoatda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar bilan bir qatorda hududiy o’zgarishlar ham yuz bermoqda.
d) yangi texnologiyani joriy etish, quvur, elektr uzatish va transportning boshqa turlarini rivojlantirish ko’pgina tarmoqlarni joylashtirishga ta’sir ko’rsatmoqda.
e) hududiy o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlaridan biri xom-ashyo masalasini hal qilishdir. Buning asosiy sabablari mineral hom-ashyoning dunyo bo’yicha notekis taqsimlanganligi bilan bog’langan.
Jahonning aosiy sanoat tarmoqlari geografiyasi
1. Yoqilg’i-energetika sanoati
Yoqilg’i - energetika sanoati jahon xo’jaligini rivojlantirishning asosidir. Hozirgi vaqtda energiya olishning asosiy manbai ko’mir, neft, gaz va gidroenergiya bo’lib, ularning hissasi 95,7 % ga to’g’ri keladi. Qolgan energiya resurslarini o’z ahamiyatini tobora yuqotayotgan o’tin, torf, yonuvchi slanetslar, shuningdek, o’zlashtirish jarayoni endigina boshlanayotgan - atom energiyasi, geotermik, qalqish energiyasi, quyosh va shamol energiyalari tashkil etadi.
Jahon xo’jalik taraqqiyotining turli bosqichlarida turli energiya manbalarining ahamiyati turlicha bo’lib keldi.
XX asrning boshlarida bug’ dvigatellarining qo’llanilishi va qora metallurgiyaning tez taraqqiyoti ko’mirga bog’liq bo’lgan. Shuning uchun ham energiya sistemasida ko’mirning salmog’i 80%, neft va gazniki esa 6,3% ni tashkil etgan.
I va II jahon urushidan keyin avtomobil, aviatsiya transport tarmoqlarining rivojlanishi natijasida neft va gazning salmog’i oshdi, yoqilgi sifatida ko’mirning ahamiyati kamaydi. XX asrda elektroenergetikaning rivojlanishi va elektroenergiyaning uzoq masofaga uzatishni o’zlashtirishga bog’liq gidroenergiya resurslaridan foydalanish birmuncha o’sdi. Shunday qilib, turli yoqilgi va energiya turlaridan foydalanishda jahon yoqilgi energetika balansi tarkibida katta o’zgarish bo’ldi.

10-jadval


Dunyoning ayrim mamlakatlari va uyushmalarida
energetika balansi (1998 y.)

AQSh

GES

Sobiq sotsialistik
mamlakatlar

Neft 35,5%
Ko’mir 10,5%
Tab.gaz 14,0%
Gidro va
atom ener. 40,0%

54,5%
22,8%
16,6%

6,1%


36,7%
35,0%
17,9%

10,4%


Lekin ayrim mamlakatlarning yoqilg’i-energetika balansi o’z xususiyatiga ega. Masalan, Italiyada gidroenergiya katta salmoqqa ega, chunki yoqilg’i juda kam.


Ruminiyada asosiy yoqilg’i tabiiy gaz va neft, chunki u yoqilg’iga boy.
Jahonning neft sanoati - hozirgi zamon industriyasining eng muhim tarmog’i bo’lib, uning xo’jalik va harbiy ahamiyati beqiyosdir.
Dunyodagi mavjud aniqlangan neft zaxirasi (1993 yil) 150 mlrd.t. Kapitalistik mamlakatlarning 53 tasida neft qazib olinadi, 84 tasida qayta ishlanadi.
Neftning tekshirilgan zahiralarini ko’p qismi 8 ta yirik neft monopoliyalarining mulki yoki ijaraga olgan hududida joylashgan.
Dunyoda neft zaxiralariining 86%i rivojlanib kelayotgan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Fors qo’ltig’i atrofidagi 5 ta davlatga 90 mlrd.t. neft zahirasi to’g’ri keladi. G’arbiy davlatlarning ma’lumotiga ko’ra sobiq Ittifoqning neft zahiralari 8-10 mlrd.t. baholanadi. MDH davlatlari o’rtasida Rossiyaning salmog’i 85%ni tashkil etadi.
Sobiq Ittifoqni neft zaxiralari respublikalar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: Qozog’iston-9%, Ozorbayjon-2,3%, Turkmaniston-2%, Uzbekiston -1%ni tashkil etadi.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida 50,0 mlrd.t. yoki kapitalistik dunyoning 66% nefti to’g’ri keladi, shu jumladan: Saudiya Arabistonida 45,8 mlrd.t., Kuvayt-13,7 mlrd.t, Eron-13,2 mlrd t., Iroq- 12,9 mlrd.t. BAA-12,9 mlrd.t.
1991-1993 yilarda dunyoda neft qazib olish darajasi 3-3,1 mlrd. t. atrofida bo’lgan, lekin bu ko’rsatgich ayrim regionlarda o’zgargan. MDH davlatlarida 450 mln.t. 1992 yilda, 1993 yilda -400 mln.t. Ayniqsa Rossiyada 390 dan-340 mln.t. neft qazib olish kamaygan. AQShda ham neft qazib olish 1999 yilda 340 mln.t. yetgan.
Janubi-g’arbiy Osiyo davlatlarida hamda Norvegiyada neft qazib olish ko’paygan. Shuning uchun 4-chi o’nlikka kiruvchi neft qazib oladigan davlat tarkibi 1993 yilda o’zgargan. Bularga Saudiya Arabistoni (420 mln.t), AQSh, Rossiya, Eron (185mln.t), Meksika (155mln.t), Xitoy (145mln.t), Venesuela (115mln.t), Norvegiya (110mln.t), BAA(110 mln.t) va Nigeriya (95 mln.t.) kiradi.
Dunyoda qazib olingan neftning 43%i OPUKga a’zo davlatlariga to’g’ri keladi.
Kapitalistik dunyoda neft qazib olinadigan rayonlar 4 ta, ular hozir kapitalistik dunyoning 95% neftini qazib olmoqda.

  1. Shimoliy Amerika

  2. Karib dengizi rayoni

  3. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari

  4. Shimoliy Afrika mamlakatlari

Shimoliy Amerika asosiy neft qazib olinadigan rayonlardan hisoblanadi.
AQSh (dunyoda ikkinchi o’rinda), 1993 yilda AQShda 370 mln.t.,1990 yilda 430 mln.t. neft qazib olingan. Keyingi uch yil ichida AQShda neft qazib olish kamaydi. Shuning uchun AQSh har yili Venesuela, Kanada, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 100 mln.t. neft sotib oladi. Shimoliy Amerikada neft qazib olishda 2-chi o’rinda Meksika turadi. 1993 yilda Meksikada 155 mln.t., Kanadada 80 mln.t. neft qazib olingan. Lekin shuni ham aytish kerakki, Meksika va Kanadadagi neftni AQSh monopoliyalari nazorat qiladi.
Karib dengizi rayonida neft qazib chiqarishda 1-o’rinda Venesuela turadi. 1993 yilda 115 mln.t.neft qazib olingan.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida 1993 yilda 810 mln.t. neft yoki kapitalistik dunyoning 40%dan ko’proq nefti qazib olingan.
Shu jumladan:
1) Eron - 155 mln.t.
2) Saudiya Arabistoni 325 mln.t.
3) Quvayt - 60 mln.t.
4) Iroq - 100 mln.t.
5) BAA - 105 mln.t. neft qazib olgan.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida qazib olingan neftning 80%i eksport qilinadi. Eksportning 50%i G’arbiy Yevropa mamlakatlariga, 25%i Yaponiyaga to’g’ri keladi. Shimoliy Afrika - neft qazib olinadigan eng yosh rayon bo’lib, bu yerda neft sanoati Yaqin va O’rta Sharqqa nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
1993 yilda umuman Afrika bo’yicha 300 mln.t. neft qazib olingan. Asosiy rayonlari: Liviya - 65 mln.t., Nigeriya - 90 mln.t., Jazoir - 35 mln.t., Misr - 45 mln.t. Yuqorida ko’rsatilgan neft rayonlari ichida Liviya neft rayonlari geografik jihatdan qulay bo’lib, dengizdan atigi 160 km uzoqlikda joylashgan. Shuning uchun ham bu mamlakatda neft sanoati tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda.
Jahonda kapitalistik mamlakatlardan keyin sobiq ittifoq neft qazib olish bo’yicha muhim o’rinni egalaydi. Sobiq Ittifoqda 1995 yilda 491 mln.t. neft qazib olingan bo’lsa, 1984 yilda 603 mln.t., 1988 yilda 603 mln.t. neft qazib olingan. Lekin sobiq ittifoqning bo’linib ketishi, neft qazib olinishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1991 yilda jami 503 mln.t. neft qazib olingan.
Dunyodagi mavjud 700 dan ortiq neftni qayta ishlash zavodlarini katta qismi yuqori darajada taraqqiy etgan. G’arbiy Yevropa hamda rivojlanib kelayotgan davlatlarga to’g’ri keladi. Ularning umumiy kuvvati 3,6 mlrd.t. Shundan AQSh 780, G’arbiy Yevropa 720, Yaponiya 200, Lotin Amerikasi 300, Yaqin va O’rta Sharq 950, Afrika 150 mln.t. quvvatga ega.


Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling