Mavzu: Jahon xo’jaligining umumiy xususiyatlari va rivojlanishi jihatlari
Download 83 Kb.
|
Jahon xo’jaligi taraqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo sanoati
Mashinasozlik sanoati. Mashinasozlik har qanday mamlakatning texnika taraqqiyoti va mustaqilligining asosidir.
Mashinasozlik xalk xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun mashina va uskunalar, madaniy va maishiy buyumlar, harbiy mashinalar ishlab chiqaradi. AQSh juda yuqori darajada rivojlangan mashinasozligi bilan ajralib turadi. AQShda mashina va uskunalarni barcha turlari ishlab chiqariladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kapitalistik dunyo mashinasozlik mahsulotoining 80%ini beradi. 1993 yilga kelib jahonda 3 ta yirik avtomobil sanoati regioni tashkil topdi: G’arbiy Yevropa (33%), Shimoliy Amerika(30%) va Yaponiya (30%). Bu uchta regiondagi avtomobil sanoatining farqi shundaki, AQShning ishlab chiqargan avtomobillari ichki bozorda bo’lsa, G’arbiy Yevropa, ayniqsa Yaponiya tashqi bozorga ishlaydi. Kemasozlik sanoatining gurkirab o’sishi 60 yillardan 70 yillargacha to’g’ri keladi. Bundan tashqari kemasozlik geografiyasida ham tub o’zgarishlar yuz berdi. Kemasozlikda keyingi yillarda juda katta o’zgarish, siljishlar yuz berdi. Agarda 60 yillarda Koreya Respublikasida kema ishlab chiqarish bo’lmagan bo’lsa, 80 yillarga kelib u dunyoda kema ishlab chiqarishda 2chi o’ringa chiqib oldi. Yaponiya va Koreya dunyoda yirik kema ishlab chiqarish bilan bir qatorda, ularni eksport qiladi. Yaponiya dunyo kema eksportini 40% ni, Koreya esa 33% ni tashkil etadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda mashinasozlikning barcha tarmoqlari rivojlangan edi. Sobiq ittifoq mashinasozligi AQSh dan keyin ikkinchi o’rinda, ba’zi mashinasozlik tarmoqlari bo’yicha birinchi o’rinda (metall qirquvchi stanok, traktor, kombayn, teplovoz, elektrovoz) bo’lgan. Kimyo sanoati. Xalq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan yana biri kimyo sanoatidir. U texnika taraqqyotida juda katta ahamiyat kasb etadi. U quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: asosiy kimyo: (kislota ishqor); organik sintez kimyo. (sintetik materiallar); sintetik materiallar sanoati (kauchuk). Kimyo sanoati xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarini jadalroq rivojlanishi va joylanishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlari kimyo sanoati uchun xilma-xil hom-ashyoga ega edi. Kimyo sanoati mahsuloti umumiy hajmi bo’yicha sobiq Ittifoq dunyoda ikkinchi o’rinda turar edi. Dunyo mamlakatlari orasida AQSh alohida ajralib turadi. Yaponiya, Osiyo, Buyuk Britaniyada kimyo sanoati juda yaxshi rivojlangan. Shu bilan birga Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida bu sanoat endigina rivojlanib kelmoqda. XULOSA Xalqaro geografik mehnat taqsimoti tovarning bahosi u sotiladigan joyda ishlab chiqariladigan joydagiga nisbatan yuqori bo’lgan paytdagina amalga oshishi mumkin, bunda tovarni tashish uchun sarflangan transport harajatlari, tovarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari o’rtasidagi tafovutni "yeb tashlamasligi" shart, aks holda tovar sotuvchi kasod bo’ladi. Geografik mehnat taqsimoti – tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash bilan bog’liq bo’lgan kishilik jamiyati rivojlanishining natijasidir. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishiga hamda ular bilan keyinchalik ayirboshlashga ixtisoslashuvni anglatadi. Geografik mehnat taqsimotining eng muhim natijasi-bu xalqaro ixtisoslashuv tarmog’idir. Ayrim mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ixtisoslashuvi ushbularni o’zining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shuning oqibatida xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hamda mamlakatning halqaro geografik mehnat taqsimotidagi o’rnini aniqlab beruvchi tarmoqlar shakllanadi. Xalqaro ixtisoslashuv xalqaro miqyosda tovarlar va xizmatlar bilan ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu ayirboshlash xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida, eksport-import hajmining o’sishida hamda tovar ishlab chiqarilgan joy bilan u iste’mol qilingan joy o’rtasida doimo ma’lum miqdorda hududiy farqning mavjudligida o’z ifodasini topadi. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling