Mavzu: Jahon xo’jaligining umumiy xususiyatlari va rivojlanishi jihatlari
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya
Download 83 Kb.
|
Jahon xo’jaligi taraqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’mir sanoati
2.2. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya
Dunyoda neftni qayta ishlashda tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda rivojlanib kelayotgan davlatlar hududida katta siljishlar yuz bermoqda. Bu davlatlarda neftni qayta ishlash zavodlarini quvvati keyingi yillarda 25%dan 40%gacha ko’paydi. Bugungi kunda 15 ga yaqin neftni qayta ishlash zavodlarini ishlab chiqarish quvvati 15 mln.t. Shundan 50 %i Singapur, Saudiya Arabistoni, Venesuela hissasiga to’g’ri keladi. Eng yirik neftni qayta ishlash zavodlariga ega (quvvati 30 mln.t.bo’lgan) OPYeKga qarashli davlatlarda 400 mln.t. neft qayta ishlanishi kerak. Hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonida – 30 mln.t., AQShda – 30 mln.t., Kuvaytda - 15 mln.t. neftni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan ulkan zavodlar mavjud. Jahon bozoriga har yili 1,2 mlrd.t dan ko’proq neft va neft mahsulotlari kirib keladi. Jahon bozorini neft eksportning uchdan ikki qismini Yaqin va O’rta Sharq davlatlari ta’minlaydi. Bundan tashqari eksport qilishda keyingi 10 yil ichida Rossiya, Venesuela, Meksika, Liviya, Nigeriya, Jazoirning salmog’i o’sib bormoqda. Keyingi yillarda Rossiyada neft qazib olish salmog’i kamayib borayotgan bo’lsa ham, eksport salmog’i o’sib bormoqda. Masalan: 1992 yili Rossiya hududidan 66 mln.t. neft (8,5 mlrd. dollar) eksport qilingan. Jahonning gaz sanoati. Gaz yoqilg’i va ximiya sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi. Yer yuzasidagi zaxirasi 180-200 trl.kub.m baholangan. Ko’p hollarda gaz asosan neft uchraydigan rayonlarda qazib olinadi. Gaz sanoatining ahamiyati yoqilg’i balansida tutgan salmog’i bilan belgilanadi. G’arbiy yarim sharda gazning yirik zaxiralari AQSh, Kanada, Meksika, Venesuela, Argentina, Avstraliyada, Sharqiy yarim sharda esa Yaqin va O’rta Sharq rayonida, Jazoir, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Ruminiya, Italiya, GFRda to’plangan. MDH davlatlariga Jahon gaz zahiralarining uchdan biri to’g’ri keladi. 1992 yilda kapitalistik mamlakatlarda 1285 mlrd.m3 gaz qazib olingan. Shu jumladan, AQShda - 510 mlrd.m3, Kanadada - 110 mlrd.m3, Niderlandiyada - 75 mlrd.m3, GFRda - 15 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olingan. 1993 yilda Rossiya hududida 640 mlrd.m3, Turkmanistonda 88 mlrd.m3,O’zbekistonda 45 mlrd.m3, Ukrainada 25 mlrd.m3 gaz qazib olingan. Dunyoda gaz qazib olish bo’yicha birinchi o’nlikka kiruvchi davlatlar quyidagilar: Rossiya, AQSh, Kanada, Turkmaniston, Niderlandiya, Angliya, O’zbekistan, Indoneziya, Jazoir, Saudiya Arabistoni. Ko’mir sanoati. Tekshirilgan zahiralari 75 trillion tonna deb hisoblanadi. Yer yuzasida ko’mir zahiralari, neft zahiralariga qaraganda ancha ko’p. Lekin bu zahiralar yer yuzasida notekis joylashgan. Kapitalistik davlatlar orasida ko’mir zaxiralari va uni qazib chiqariish jihatidan, AQSh (1993 yil 945 mln.t), GFR (435 mln.t.), Buyuk Britaniya (90 mln.t.) alohida ajralib turadi. Dunyoda 1950-1990 yillarda ko’mir qazib olish darajasi pasaymadi, balki yillar sayin o’sib bormoqda. Ko’mir sanoati Jahon energetikasida muhim tarmoq bo’lib kelmoqda. Yer yuzasida tekshirilgan ko’mir zaxiralarining 40 foizi, qazib olinadigan ko’mirning 60 foizga yaqini sobiq MDH mamlakatlariga to’g’ri keladi. Ko’mir qazib oluvchi asosiy mamlakatlarga Xitoy (1 mlrd. t.dan ortiq) Rossiya ( 400 mln.t.), Ukraina (165 mln.t.), Qozog’iston (165 mln.t.), Chexiya (106 mln.t.) kiradi Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling