Nerv sistemasi kasalliklarida davo fizkulturasi
Bosh miya kasalliklari. Bosh miyaning yallig’lanishsiz xarakterdagi kasalliklariga qon
quyilishi (insult), miya tomirlari trombozi va emboliyasi kiradi. Bunday hollarda bemorda
miyaning shikastlanish sodir bo’lgan tomoniga qarama-qarshi tomonidagi qo’l-oyoqlarda
parez va falajlar hosil bo’ladi. Qo’lda bukish konstrukturasi rivojlanadi:qo’l-tirsak va bilak
bo’g’imlarida yarim bukilgan, kaft pastga qaratilgan, barmoqlar yumilgan holatda tanaga
keltirilgan bo’ladi; oyoqlarda yozish konstrukturasi rivojlanadi:oyoqichki tomonga burilgan,
chanoq-son va tizza bo’g’imlari yozilgan, panja ichkariga burilgan, barmoqlar bukilgan
holatda bo’lib, yurganda oyoq tizzada bukilmaydi.Davo gimnastikasini kasallikning o’tkir
davridan so’ng boshlanadi. Falaj bo’lgan oyoq-qo’llarni to’g’ri holatga keltirish, ya’ni vaziyat
bilan davolash lozim (oyoq panjasini to’g’ri burchak qilib bukiladi,qo’lning kafti yuqoriga
qaratiladi-supinatsiya holati, barmoqlar ajratilgan holatda bo’ladi).Davo fizkulturasi quyidagi
maqsadlarni nazarda tutadi: organism barcha sistemalarining ishini yaxshilash, to’g’ri nafas
olishga o’rgatish, muskullarning oshgan tonusini pasaytirish va zarar yetmagan muskul
gruppalarini mustahkamlash,hayotiy zarur malakalarga o’rgatish yioki yo’qotilga
funksiyalarning o’rnini bosuvchi funksiyalarni rivojlantirish.Mashqlarni ko’p marta takrorlash
natijasida yangi refleks aloqalar hosil bo’ladi,bular yo’qolgan funksiyalarning qayta
tiklanishiga yordam beradi.Davolashda avvalida passiv harakatlar va massaj qo’llaniladi,
keyin aktiv harakatlar qo’shiladi. Boshlanishda proksimal qismlarni yengil mashq qilinadi,
borgan sari distal qismlarga o’tiladi. Avvalida masgqlar ko’p takrorlanmaydi, ular borgan sari
ko’paytiriladi. Yaxshisi, qisqa mashqlarini kuniga bir necha marta takrorlash
kerak,Mashqlarni
sog’
oyoq-qo’llarga
mo’ljallangan
mashqlardan
boshlanadi,
umummustahkamlovchi mashqlar maxsus mashqlar bilan almashtirib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |