Poliomielit. Kasallikning boshida qa’tiyan o’rindan turmay yotish rejimi buyuriladi.
Vaziyat bilan davolashga alohida e’tibor beriladi (oyoq panjalariga suyanchiq yasaladi, bemor
qo’llarini tanadan chetga uzatiladi va qo’lni tirsakda to’g’ri burchak hosil qilib
bukiladi).Tiklanish davrida davo gimnastikasi passiv harakatlardan boshlanadi, ularni massaj
bilan galma-galdan almashtiriladi.
Yengillashtirilgan holatlardan, iliq suvda bajariladigan mashqlar, falaj bo’lgan
muskullarni (ularning qisqarish qobiliyatidan dalolat beruvchi belgilar paydo bo’lganda)
ixtiyoriy ravishda qisqarishga undovchi impulsalar yuboruvchi mashqlardan aktiv
foydalaniladi.Mashqlarni yotish, o’tirish, tik turishning dastlabki holatlarida bajariladi, albatta
qaddi-qomatni to’g’ri tutish, yurganda oyoqni to’g’ri qo’yish, tarbiyalovchi mashqlar va
boshqalar qo’shiladi. Davo gimnastikasini galma-galdan isitish muolajalari va massaj bilan
almashtiriladi.