O’pka emfizemasi. O’pka emfizemasida davo fizkulturasi bemor umumiy ahvolini
mustahkamlash, qovurg’alar, diafragma, umurtqa pog’onasi harakatchanligini oshirish
vositasi hisoblanadi.Mashqlar, xususan, nafas mashqlarini bajarganda bemorni to’g’ri nafas
olishga, uzoq nafas chiqarishga o’rgatish lozim. Nafasni to’xtatish, kuchanish bilan
bajariladigan mashqlarni (yuk ko’tarish, snaryadlarda qilinadigan mashqlar va hokazo)
qo’llanish mumkin emas.
Bronxial astma. Bronxial astmada davo fizkulturasini qo’llanishdan quyidagi maqsadlar:
organizmni umummustahkamlash va chiniqtirish, bemorni chuqur nafas olishga, ritmik nafas
olishga o’rgatish, xususan nafas chiqarishni mashq qildirish nazarda tutiladi.Nafas
mashqlarini bajarganda bemor nafasni burni bilan olib, og’zi bilan chiqarishga o’rganishi
lozim. Bunda lablarni xuddi sham alangasini puflab o’chirishdagidek tutish kerak. Ba’zi bir
harflarni, tovushlarni ovoz chiqarib ifodalash (ashula aytish) maqsadga muvofiq
keladi.Mashqlarni “1 – 2” va hokazo sanoqlar bilan nafas chiqarish fazasini borgan sari
uzaytirib bajariladi. Mashqlar kompleksiga oyoq-qo’l va tanaga mo’ljallangan oddiy
gimnastik mashqlarni qo’shib, ularni nafas mashqlari bilan almashlab bajariladi. Nagruzkani
va mashqlar sonini asta-sekin ko’paytiriladi. Mashg’ulot 10-15 minut davom etadi.
Nafasni ushlab turish sinamasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |