DAVO FIZKULTURASI KABINETI ISHINI UYUSHTIRISH, RO’YXATGA OLISH
VA HISOBOT
Davo fizkulturasini tashkil etish va amalga oshirish formalari davolash muasassasining
turiga va bemorlardagi kasalliklar turiga bog’liq. Davo fizkulturasi bo’yicha vrach va
instructor vazifalari ko’pgina kasalxona va polikliniklarning shtatiga kiritilgan. Davo
fizkulturasi instruktori o’z amaliy ishini davo fizkulturasi vrachi qo’l ostida bajaradi.
Mashg’ulotlar o’rnidan turmaydigan kasallar bilan palatalarda, yuradigan kasallar bilan esa
davo fizkulturasi kabinetida olib boriladi. Davo fizkulturasi kabineti kerakli jihozlar bilan
(gimnastika devori, medbollar, gantel va boshqalar) ta’minlangan bo’lishi kerak. Yozda
mashg’ulot fizkultura maydonchasida o’tkaziladi (ertalabki gimnastika, o’yinlar va
boshqalar).
Davo fizkulturasi kabinetining asosiy hujjati 42-nomerli forma hisoblanadi, uni vrach va
instructor to’ldiradi. Har kuni instructor tomonidan o’tkazilgan mashg’ulotlar va qatnashgan
bemorlar soni hisobga olinadi, harakat rejimidagi o’zgarishlar qayd qilinadi va hokazo. Bu
ma’lumotlar asosida davo fizkulturasi kabinetining oylik ishi bo’yicha hisobot tuziladi
(bemorlar, o’tkazilgan mashg’ulotlar soni, ertalabki gigiyenik gimnastika va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |