Davo gimnastikasining yurak-tomirlar kasalliklarida qo’llanilishi
So’nggi yillarda davo fizkulturasidan yurak-tomir kasalliklarida (qon aylanish
yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak poroklari, miokard infarkti va boshqalarda)
keng foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlarni muntazam ravishda qo’llanganda shartli reflector
aloqalar qayta tiklanadi va unga bog’liq ravishda qon aylanish organlarining funksiyasi
yaxshilanadi, qonning depolardan chiqishi natijasida qon tomirlar ichida sirkulyatsiya etuvchi
qon hajmi ko’payadi.
Qon aylanishi yetishmovchiligi. Har qanday yurak-tomir kasalligida jismoniy
mashqlarni qon aylanish apparati funksional holatiga qarab tayinlanadi.Qon aylanishi
yetishmovchiligining I darajasi uchun nafas qisishi, yurak urishi va jismoniy nagruzka vaqtida
tez toliqish hodisalari paydo bo’lishi xarakterlidir. Bunda davo fizkulturaisining vazifasi qon
aylanish organlarining odatdagi hayotiy nagruzkalarga moslanish qobiliyatini tiklashdan
iborat.oddiy gimnastika mashqlari turlicha dastlabki holatlarda, shuningdek snaryadlar bilan
va snaryadsiz qo’llaniladi. Mashg’ulotlarga tezligi oshirib boriladigan holda yurish, sayr
qilish va ekskursiyalar kiritiladi. Davolash kursi nihoyasiga yetganda sport elementlarini
musobaqalashmasdan bajarish ruxsat etiladi.Qon aylanish yetishmovchiligining II darajasida
qo’l va oyoq, tanaga mo’ljallangan gimnastik mashqlarni biro z murakkablashtirilgan holda
qo’llaniladi. Barcha mashqlarni nafas mashlari bilan galma-galdan almashtiriladi, ularni sekin
va o’rtacha tezlik bilan yotgan va o’tirgan holatlarda, nagruzkani nihoyat ehtiyotlik bilan
oshirib bajariladi. Mashg’ulot 10-20 minut davom etadi. Davolash kursi boshida passiv, keyin
esa aktiv harakatlar qilinadi.Qon aylanishi yetishmovchiligining III darajasida davo
fizkulturasi qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |