Sanitariya – gigiyena kontroli- Fizkultura va sport mashg’ulotlari o’tkaziladigan
joylarning sanitariya ahvoli mashgulotlarni to’g’ri tashkil etish uchun, ularning shifobaxsh
ta’siri uchun juda muhimdir. Fizkultura mashqlarining dim, iflos va chang-to’zonli xonada
o’tkazilishi zararli bo’lishi mumkin, ba’zan esa (yorug’likning yetarli bo’lmasligi, polning
sirpanchiq bo’lishi va hokazo) travmalarga ham sabab bo’lishi mumkin.Fizkultura va sport
mashg’ulotlari o’tkaziladigan joylarni saqlash bo’yicha amaldagi sanitariya qoidalarining
bajarilishini nazorat qilish vazifasi Davlat sanitariya inspeksiyasiga yuklatilgan; bu inspeksiya
meditsina-fizkultura dispanserlari bilan birgalikda qurilayotgan sport inshootlari ustidan
ogohlantiruvchi sanitari ya nazorati olib boradi.Fizkultura mashg’ulotlari o’tkaziladigan
joylarda sanitariya jurnallari tutilishi kerak. Ular sanitariya-epidemiologiya xizmati va
vrachlik-fizkultura kabinetlari xodimlari hamda sanitariya holatini kuzatib boruvchi vrach va
o’rta meditsina xodimlari tomonidan to’ldiriladi. Sport muassasalarida birinchi yordam
ko’rsatish uchun aptechkalar bo’lishi kerak.Stadionlarda, chang’i bazalarida basseyn va
yaxmalak maydonlarida ularning ishlash vaqtida meditsina xodimlari navbatchilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |