Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri. Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish


MEDITSINA KONTROLI ASOSLARI VA UNING VAZIFASI


Download 238.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana08.01.2022
Hajmi238.02 Kb.
#240873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishga korsatma va qarshi korsatmalar

 

MEDITSINA KONTROLI ASOSLARI VA UNING VAZIFASI 

Sovet  sog’liqni  saqlashining  asosiy  vazifalaridan  biri  fizkultura  va  sport  bilan 

shug’ullanuvchilarning  salomatligi  to’g’risida  g’amxo’rlik  qilishdan  iborat.  Bu  maqsadda 

joylarda  vrachlik  –  fizkultura  kabinetlari  va  dispanserlari  tashkil  etilgan  bo’lib,  ular  bu 

ishlarga  rahbarlik qiladi. Bu dispanserlarning vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) fizkultura va 

sport  bilan  shug’ullanuvchi  shaxslarning  sog’lig’ini  nazorat  qilish;  2)  mashg’ulotlar 

vamusobaqalarni  o’tkazish  sharoitlari  yuzasidan  sanitariya-gigiyenik  nazorat  olib  borish;  3) 

sport  ishlarini  meditsina-sanitariya  xizmati  bilan  ta’minlash;  4)  fizkultura  va  sport  bilan 

shug’ullanuvchi maxsus  sanitariya – oqartiruv ishlarini amalga oshirish. 

Fizkultura  va  sport  bilan  shug’ullanuvchilar  ustidan  meditsina  nazorati  olib  borilishi 

shart.  

Birlamchi  meditsina  ko;rigi,  ikkilamchi  ko’rik  va  muhim  musobaqa    oldidan 

o’tkaziladigan qo’shimcha meditsina ko’rigi farqlanadi. 

O’quvchilarni salomatligiga ko’ra uch meditsina   gruppasiga: asosiy gruppa   (jismoniy 

rivojlanishi va salomatligi  benuqson);  tayyorlov  gruppasi   (jismoniy rivojlanishida e’riborga 

olmasa bo’ladigandarajada o’zgarishlari bor);  maxsus gruppa  (sog’lig’ida jiddiy nuqsonlari 

bor bemorlar) bo’linadi. 

  

O’quvchi  qaysi  meditsina  gruppasiga  kirishiga  ko’ra    fizkultura  bilan  programmaning  



to’la  hajmibo’yicha  shug;ullanishi    yoki  davo  gimnastikasi  bilan  (maxsus  gruppa) 

shug’ullanishi  mumkin.Meditsina    kontroli  bo’yicha  xizmat  qiluvchi  meditsina 

hamshirasining  vazifalari  quyidagilardan  iborat:meditsina  ko’riklarida  ishtirok  etish, 

hujjatlarni to’ldirish, antropometrik o’lchovlar bajarish,amaliy mashg’ulotlar va trenirovkalar 




o’tkazilishini  nazorat  qilish,  mashg;ulotlar  o’tkazilishining  sanitariya-gigiyena    sharoitlarini 

kontrol qilish. 



Meditsina-pedagogik kuzatuvlar 

Meditsina  kontrolining  asosiy  vazifasi  fizkulturachi  va  sportchilar  ustidan  o’quv  yoki 

trenirovka  mashg’ulotlari  vaqtida  meditsina-pedagogik  kuzatuvlar  olib  borishdan  iborat. 

Bunday  kuzatuvlar  jarayonida  meditsina    xodimi    o’tkazilayotgan  mashg’ulotlar  sharoitlari, 

tashkil  etilishi  va  metodikasi  bilan  tanishadi,  fizkulturachining  trenirovkaga  nisbatan 

reaksiyasini,  ularning  chiniqqanlik  darajasini  o’rganadi,  mashg’ulot  o’tkazadigan  joylarning 

sanitariya-gigiyena  sharoitiga  va  sport  travmalarining  oldini  olish  choralariga  e’tibor 

beradi.Kuzatuv  jarayonida  meditsina  xodimi  fizkultura  bilan  shug’ullanuvchilarda  o’ta 

charchashlik hodisalari, ortiqcha terlashlik, teri rangining bo’zarishi va hokazlarni aniqlaydi, 

bu esa shu tariqa yuz berishi mumkin bo’lgan zararli oqibatlarning o’z vaqtida oldini olishga 

imkon beradi.Kuzatuvlarning hammasini vrach yoki meditsina hamshirasi maxsus meditsina-

pedagogik kuzatuvlar protokolida qayd etadi. 




Download 238.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling