Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti
-BOB Jurnalistika 4-hokimiyat sifatida
Download 65.57 Kb.
|
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi
4-BOB Jurnalistika 4-hokimiyat sifatida
4.1 Jurnalist mas’uliyati Axloq - odoblar majmui. Har bir xalqning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq me’yorlari bor. 0 ‘zbekistonda sho‘rolar istibdodi davrida axloqqa bir tomonlama, ya’ni sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondashildi .. Bu bilan ittifoqda yashovchi turli xalq laming o‘ziga xos xulq-odob, muallif jurnalist e’tiqodi, odobi, axloqi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z aytilmasa ham, jurnalistdan hamisha yuqori madaniyat, bag‘rikenglik va bilim talab qilinishi va shunga e’tibor berilishi haqida aytildi. Odobli, axloqli jurnalist xalqning urf-odati, marosimlariga hurmat bilan qaraydi. Uni bajarmasligi mumkin, lekin unga qarshi fikr bildirmaydi. Taniqli yozuvchi, jurnalist Erkin A’zam Asqad Muxtor haqidagi xotirasida shunday deydi: “Guliston” jurnalida adabiyot boiim ida ishlardim. Bosh muharririmiz Asqad aka bir kuni xonamga kirib, qoiim ga bir dasta she’r tutqazdi: “shuni bir ko‘rib bering” (boshqa rahbarlarga o‘xshab u kishi xodimlami huzuriga chaqirib o‘tirmas, gapi bo‘lsa, mana shunday o‘zi kirib kelaverardi...) qarasam-o‘zlarining she’rlari. Hayron boidim: buni nega menga berdilar? Bulami “bir ko‘rib berish”ga mening haddim sig‘armidi-shoir bo‘lmasam, qolaversa, she’rlar kimsan Asqad Muxtomiki?! Xo‘p ko‘rdim, o‘qib chiqdim ham deylik, keym nima?... Gap shundaki, o‘sha kezlar o‘zingiz bosh boigan nashrda asaringizni bostirish odobdan sanalmas edi. Jurnalistlar otaxoni Ziyod aka Esenboevning mas’uliyat va burch borasidagi suhbatlari esimizda. Ular ommaviy axborot tahririyatlarini muqaddas dargoh deb hisoblaydilar. Aholi bu joyni haqiqat va adolat ramzi deb tushunadi. Shunday ekan hozirgi davrda har bir jurnalist adibimiz Asqad Muxtor singari axloq - odob, pok ma’naviy qiyofaga va albatta muomalaning yuksak madaniyatiga ega boiishi kerak, degan fikrni aytadilar. Xuddi shunday talab Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan edi. “Biz jurnalistlar ahli siyosiy yetuk, mas’uliyatli, halol va vijdonli, o‘z ishini yaxshi biladigan, mamlakatimizning vatanparvar kishilaridan iborat bo‘lishiga erishmog‘imiz darkor” degan edi Islom Karimov. Demak, har bir jurnalist avvalo odob-axloqli boMishi kerak, bumng uchun u o‘z ishining murakkabligini va mas’uliyatini anglagan holda kasb mahoratmi oshirib borishi va jurnalist degan so‘zning salmog‘ini yanada ko‘tarishi lozim bo‘larkan. Kasbiy burch deganda jurnalistning avvalo, qalam tebratib, el-yurtni yangiliklardan xabardor etishi, xalqimiz ko‘nglidagi o‘y maqsadlarni, rejalarni yanada teranroq anglab ifoda qilish baxti nasib etganligidan faxrlanishi bu yuksak ishonchni oqlashi, qalamini yanada charxlashi kerak. Respublikaga taniqli jumalistlardan biri, rahmatli Ismoil Sulaymonov "Olzbekiston matbuoti” jurnalining 1999-yil 1 - sonidagi “Hayotda tengi yo‘q baxt” maqolasida shunday degan edilar: “Xalq jurnalistlarga ishonadi. Bu esa ayni paytda zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Unutma, deymiz doimo bir-birimizga, jurnalistning qadam olishi, o ‘zini tutishi, so‘z bilan ish birligi necha o‘n minglab kishilar nigohida. Bu katta baxt, lekin uning shunga yarasha talabi ham bor. Navoiy bobomiz so‘zi bilan aytganda: "Oson emas bu maydon ichra turmoq”. Tahririyatga kelgan bir shikoyatning izidan borish, odamlar bilan uchrashish, eshitganlarini iymon va diyonatning xolis taroziga solish, oqni — oq, qorani — qora ekanligini aniqlab olish, to‘g‘ri to‘xtamga kelish va nihoyat butun mas’uliyatni zimmaga olib, matbuotda chiqish qilish so‘ng uning natijasi uchun kurashmoq-bulaming bari aytishgagina oson”. Har bir jurnalist o ‘z kasbiga burchli qolishi istagi, matbuotning bosh prinsiplari ya’ni tamoyillari asosida faoliyat ko'rsaushi lozim. Bu prinsiplar bilan qisman tanishib chiqish maqsadga muvofiq boiadi. Matbuotning bosh vazifasi umum insoniyatga xizmat qilishdan iborat boigani uchun ham umuminsoniylik prinsipi uning bosh prinsipi hisoblanadi. U insoniyatga xizmat qilishi, uning hayoti doimo erkin farovon kechishiga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Umuminsoniylik prinsipiga itoat etgan jurnalist haqiqat qaror topishi uchun kurashadi Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling