Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti


II bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI TAShKIL ETISh


Download 65.57 Kb.
bet15/24
Sana30.04.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1416820
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi

II bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI TAShKIL ETISh
5-modda. Ommaviy axborot vositasini ta’sis etish huquqi
Xalq deputatlari Sovetlari va boshqa davlat idoralari, ro‘yxatga olingan siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy harakatlar, ijodiy uyushmalar fuqarolarning qonunga muvofiq tuzilgan kooperativ, diniy, o‘zga birlashmalari, mehnat jamoalari ommaviy axborot vositalari ta’sis etish huquqiga egadirlar.
Ommaviy axborot vositalarining biror turiga yakka hokimlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6-modda. Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish
Ommaviy axborot vositalarining tahririyati o‘z faoliyatini tegishli ommaviy axborot vositasi ro‘yxatga olinganidan so‘ng amalga oshiradi.
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza muassis (ta’sis etuvchi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot davlat komitetiga topshiriladi. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza u olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Chet el aholiga mo‘ljallangan ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Ommaviy axborotni chiqarishga kirishish huquqi guvohnoma olingan kundan boshlab bir yil davomida saqlanib turadi. Bu muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
7-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) muassis;
2) ommaviy axborot vositasining nomi, tili (tillari), qayerda joylashganligi;
3) maqsadlari va vazifalari;
4) aholining qanday doirasiga mo‘ljallanganligi;
5) ommaviy axborot vositasini qanchalik tez-tez chiqarib turish ko‘zda tutilayotganligi, hajmi, moddiy-texnikaviy hamda pul bilan ta’minlash manbalari.
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish chog‘ida qonunga zid bo‘lmagan o‘zga ma’lumotlar ham talab qilib olinishi mumkin.
Ro‘yxatga olish haqi O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va hajmlarda undiriladi.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling