Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti


-modda. Ommaviy axborot vositasi muassisi, tahririyati va noshirining ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlari


Download 65.57 Kb.
bet18/24
Sana30.04.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1416820
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi

14-modda. Ommaviy axborot vositasi muassisi, tahririyati va noshirining ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlari
Ommaviy axborot vositasining muassisi, tahririyat va noshiri o‘rtasidagi ishlab chiqarish, mulkiy hamda moliyaviy munosabatlar amaldagi qonunlar va shartnoma asosida olib boriladi.
Shartnomada quyidagilar belgilab qo‘yiladi:
tahririyatni saqlab turish uchun mablag‘;
ommaviy axborot vositasining noshirlik faoliyatidan tushadigan foyda (daromad)ning tahririyat, muassis va noshir tasarrufiga o‘tadigan qismlari;
tahririyat xodimlari uchun zarur darajada ishlab chiqarish sharoiti, turmushi va mehnat qilishi uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish bo‘yicha muassis hamda noshirning majburiyatlari.
15-modda. Nashrga doir ma’lumotlar
Davriy bosma nashrning har bir sonida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
1) nashrning nomi;
2) muassis;
3) muharrir (bosh muharrir) familiyasi, ismi-sharifi yoki rasmiy taxallusi;
4) davriy nashrlar uchun chiqarilish tartib raqami hamda bosilib chiqqan sanasi, ro‘znomalar uchun esa, shuningdek, bosish uchun qo‘l qo‘yilgan vaqt;
5) aloqa korxonalari orqali tarqatiladigan davriy nashrlar uchun indeks;
6) tiraji;
7) narxi;
8) tahririyat, noshir, bosmaxona manzilgohi.
Teleko‘rsatuv, radioeshittirish tahririyati har safar efirga chiqqanda, uzluksiz eshittirish chog‘ida esa — bir kecha-kunduzda kamida to‘rt marta teleko‘rsatuv, radioeshittirish tahririyati nomini e’lon qilishi shart.
16-modda. Nazorat nusxalar va taqdim etilishi shart bo‘lgan nusxalar
Vaqtli bosma nashrlar bosilib chiqishi bilanoq ularning bepul nazorat nusxalari tahririyatga, muassisga, Alisher Navoiy nomidagi jumhuriyat Davlat kutubxonasiga, Kitob palatasiga, Ushbu bosma nashr ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma bergan idoraga yuboriladi.
Matbaa nashrlarining nazorat nusxalari hamda taqdim etilishi shart bo‘lgan nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi belgilaydigan tartibda boshqa muassasa hamda tashkilotlarga ham jo‘natiladi.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling