Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti


-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etganlik, shuningdek uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish tartibi


Download 65.57 Kb.
bet17/24
Sana30.04.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1416820
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi

11-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etganlik, shuningdek uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish tartibi
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etish yoki ro‘yxatga olish uchun belgilab qo‘yilgan bir oylik muddatning davlat idorasi tomonidan bajarilmasligi, shuningdek ommaviy axborot vositasi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror xususida muassis yoki tahririyat sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etish yoki uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish haqidagi qaror g‘ayriqonuniy deb topilsa, ustidan shikoyat berilgan qaror bekor qilinadi.
Sud mulkiy nizolarni amaldagi qonunlar asosida ko‘rib chiqadi.
12-modda. Ommaviy axborot vositasining tahririyat Ustavi
Ommaviy axborot vositasining tahririyat Ustavi tahririyat jurnalistlari jamoasining umumiy yig‘ilishida, jamoa a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va muassis tomonidan tasdiqlanadi.
Tahririyat Ustavi muassis, muharrir (bosh muharrir) va tahririyat munosabatlarini, jurnalistlar jamoasining vakolatlarini tartibga solib turadi. Ustavga ommaviy axborot vositasining faoliyatidan tushadigan daromadni taqsimlash va undan foydalanish tartibi hamda boshqa qoidalar kiritiladi.
Tahririyat Ustavi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmasligi lozim.
13-modda. Ommaviy axborot vositasining muassis, muharrir, tahrir hay’ati va noshiri
Muassis ommaviy axborot vositasi faoliyatining dasturini (asosiy qoidalarini) tasdiqlaydi. Ommaviy axborot vositasini chiqaruvchi tahririyat yoki o‘zga muassasa dasturning amalga oshirilishini kasbiy mustaqillik asosida ta’minlaydi.
Muharrir (bosh muharrir) ni tayinlash va bo‘shatish tartibi tahririyat ustavi va muassis tomonidan belgilanadi.
Muharrir (bosh muharrir) ommaviy axborot vositasi tahrir hay’ati va tahririyati ishga rahbarlik qiladi, muassis, noshir, mualliflar, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning boshqa birlashmalari va fuqarolar bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ommaviy axborot vositasi nomidan ish olib boradi.
Muharrir (bosh muharrir) ommaviy axborot vositasining faoliyati ushbu Qonunga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq bo‘lishi uchun mas’uldir.
Tahrir hay’ati tahririyat ustavida ko‘zda tutilgan tartibda tuziladi.
Muassis, shuningdek nashriyot yoki ommaviy axborot vositasining chiqarilishini moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlovchi o‘zga yuridik shaxs ommaviy axborot vositasining noshiri bo‘lishi mumkin.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling