Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti


-modda. Axborotni ro‘yxatdan o‘tkazmay turib tarqatish


Download 65.57 Kb.
bet16/24
Sana30.04.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1416820
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi

8-modda. Axborotni ro‘yxatdan o‘tkazmay turib tarqatish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, boshqa davlat idoralari rasmiy normativ hujjatlar yoki o‘zga hujjatlar, sud amaliyotini yorituvchi byulletenlar chiqarish uchun axborotni ro‘yxatdan o‘tkazmay turib oshkora tarqatish huquqiga ega. Korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalar o‘z faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot materiallarini va hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazmay nashr etish va tarqatish huquqiga egadirlar.
Ommaviy tarqatishga mo‘ljallanmagan yoki qo‘lyozma tarzida ko‘paytiriladigan bosma, audio va audiovizual mahsulotni texnikaviy vositalar yordamida tayyorlash ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi.
9-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etish
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish faqat quyidagi asoslarga muvofiq rad etiladi:
1) agar ommaviy axborot vositasining nomi, maqsadlari va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi hamda ushbu Qonunga zid bo‘lsa;
2) agar ro‘yxatga oluvchi idora ilgari xuddi shu nomdagi ommaviy axborot vositasiga guvohnoma bergan bo‘lsa;
3) agar ariza ommaviy axborot vositasining faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qonuniy kuchga kirganiga bir yil to‘lmay turib berilgan bo‘lsa.
Ro‘yxatga olishni rad etish haqidagi xabar ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan asoslar ko‘rsatilib, yozma ravishda arizachiga yuboriladi.
10-modda. Ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni to‘xtatish
Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olgan idoraning, yoxud sudning qarori bilan to‘xtatilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olgan idora yoki sud ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan talablar bir yil davomida takror buzilgan taqdirda ommaviy axborot vositasining chiqarilishi yoki nashr etilishini to‘xtatadi.
Agar ommaviy axborot vositasi bir yildan buyon chiqarilmayotgan yoki nashr etilmayotgan bo‘lsa, uni qaytadan chiqarish yoki nashr etish ro‘yxatga olingani to‘g‘risida yangi guvohnoma talab qilinadi.
Muassis ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda tahririyatning mehnat jamoasi yoki muharrir (bosh muharrir) 5-modda va 6-modda talablari bajarilganda o‘sha nom bilan ommaviy axborot vositasini ta’sis etish masalasini qo‘yish mumkin.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling