Harf terish mashinalari. Yassi bosma mashina paydo bo‘lgach, chop etish jarayonlari tezlashgani ma’lum. Endi harf terish mashinasiga ehtiyoj paydo bo‘lgandi. Bu ixtirochilar oldiga qiyin muammolarni kundalang qo‘ydi, chunki harf terish mexanizatsiyalashgach, masalan, satr o‘chirishdagi hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘l bilan bajariladigan amaliyotlar ham muammoga aylandi.
Bu jarayonni XVII asrning o‘zidayoq takomillashtirishga urinishlar bo‘lgan. XVIII asrda eng ko‘p takrorlanadigan bo‘g‘in va so‘zlarni bitta yaxlit qismdek quyish g‘oyasi ilgari surildi.
1.3. XX asr o‘zbek jurnalistikasi (1906-1990 y.)
XX asrning boshlariga kelib, dunyoning bir qancha hududlaridagi o‘zgarishlar shamoli Turkistonga ham yetib keldi. XIX asrning oxirlarida ijtimoiy-siyosiy-ma’rifiy harakat avval Kavkaz, Qrim, Tatariston kabi o‘lkalarda vujudga kelgan boisa, 1895-yillardan boshlab Turkistonda, Buxoroyu Xivada ham sodir bo‘ldi. Bu harakat jadidchilik (arabchada “jadid ”so ‘zi yangi degan manoni anglatadi) nomi bilan tarixga kirdi. o‘zlarini taraqqiyparvar deb bu harakat namoyandalari Turkiston mehnat ahlini ijtimoiy-siyosiy kurashga tayyorlash uchun avvalo ulami savodxon qilish maqsadida ma’rifiy ishlarga urg‘u berishdi. Yangi usul maktablari ochib, darsliklar yaratishdi. Lekin bu ishlar hali yetarli emasdi. Ular o‘z kelajak maqsadlari Turkiston Mustaqilligiga erishish maqsadida bir qancha rejalar belgilashdi. Buning uchun albatta xalqning siyosiy ongini yuksaltirish uchun ishni gazeta va jumallar chop etishdan boshlash zamratiga tushinishdi. Turkistonni o‘z zulmi ostida ushlab turgan podsho Rossiyasining barcha kirdikorlarini ochib tashlash, xalqni eng avvalo chorizmga qarshi kurashga otlantirish uchun ularga matbuot kerakligi kun tartibiga qo‘yildi. Jadidchilik harakatiga o‘sha davming yetuk ziyolilari bosh-qosh bo‘ldilar. Mahmudxo‘ja Behbudiyu Abduqodir Shukuriy, Munavvarqoriyu Abdulla Avloniy, Fitratu Fayzulla Xo‘jaev, Hamzayu Cho‘lpon va boshqa millat istiqbolini o cylashga va shu yo‘lda barcha qiyinchiliklarga chidagan vatandoshlar yuqorida aytganimizdek, ishni eng asosiy vazifalardan biri gazeta - jurnal yaratishdan boshladilar. XX asr birinchi o‘n yilligidayoq ulaming o ‘z matbuoti shakllandi Shuni ham e’tirof etish kerakki, jadidlar asosan gazeta va jurnallar tahririyatlarida, havaskor teatr tmppalari tevaragida to‘planishib, o‘zlarining asosiy g‘oyalari va maqsadlari yo‘lidagi harakatlarini tahlil qilardilar. Ular nafaqat matbuot orqali, balki o ‘z ta’sirlarini yangi usul maktablariga hamda teatrga katta e’tibor qaratib, xalqni san’at orqali tarbiyalashga, san’atning barcha turlarini yuksaltirish orqali ta’sir ko‘rsatishga intildilar. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, shakllangan milliy matbuot - jadid matbuoti paydo bo‘Idi.
|