Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti


Qog‘oz sanoatining rivojlanishi


Download 65.57 Kb.
bet5/24
Sana30.04.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1416820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi

Qog‘oz sanoatining rivojlanishi. Matbuotni ravnaq toptirishda qog‘ozning ahamiyati haqida izohga hojat yo‘q. Xitoyda qog‘oz miloddan avval bambukdan tayyorlanardi. Yevropa va Osiyoda esa uni uzoq yillar davomida latta-puttalardan tayyorlaganlar. 1840 yilda nemis to‘quvchisi Sakson Keller yog‘ochdan qog‘oz hosil qilish texnologiyasini yaratdi. Shu tariqa qog‘ozni arzon va ko‘p miqdorda ishlab chiqarishning oson yo‘li topildi. Busiz, tabiiyki, jurnalistika ommaviylik hamda tezkorlik xususiyatiga ega bo‘lolmas edi.
Qog‘oz ishlab chiqarish borasida birinchi mexanizatsiyalashgan moslamaning loyihasi 1799 yilda fransuz muhandisi Lui Rober tomonidan tayyorlangan. Biroq bu mashinaning o‘zi bir necha yil mobaynida yaratildi. 1803 yilda ingliz konstruktori Donkon maxsus moslama bunyod etib, mashina yordamida qog‘oz olishni yo‘lga qo‘ydi. Bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi mashinalar boshqa davlatlarda sal kechroq, aniqrog‘i, Rossiyada 1817 yilda, Germaniyada 1819 yilda, Amerikada 1827 yilda yaratildi. 1825 yili Angliyada birinchi temir yo‘lning ochilishi ham kommunikatsiya taraqqiyotida muhim bosqich bo‘ldi.
Qog‘oz ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan texnik tafakkurning rivojlanishi har xil yo‘nalishda ko‘zga tashlanardi. 1805 yili angliyalik muhandis Jozef Bama aylanuvchan o‘qli qog‘oz ishlab chiqarish mashinasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan o‘rama (rulon) qog‘oz olish imkoni tug‘ildi.
Bosmaxonalarning paydo bo‘lishi. Gazetalar bosib chiqarishni tezlashtiruvchi dastlabki moslamalardan biri – silindr bo‘ldi. Nemis muhandisi Fridrix Kyonig gazeta nusxalarini uzluksiz olishda yarim aylana bosma shakldan foydalanish borasida olib borgan izlanishlar samarali yakunlandi. 1811 yilda u aylanma silindrli bug‘ mashinasi yaratishga erishgan bo‘lsa, 1818 yilga kelib gazeta varag‘ining birato‘la ikki tomonini bosishga qodir juft silindrli mashinani barpo qildi.
1844 yili amerikalik Richard Xou esa birinchi rotatsiya bosma mashinasini yaratdi. Unda bosma shakllar silindrli valga joylashgan bo‘lib, valning aylanishi yordamida gazeta nusxalarining yanada tezroq olinishiga erishildi.
XIX asr o‘rtalarida Yevropada zamonaviy bosma vositalarning ksilografik iyerogliflar o‘rnini egallay borishi Xitoy jurnalistikasida ham o‘ziga xos voqelik bo‘ldi.
Asr o‘rtalarida Yevropada jurnalistika yanada jadal rivojlandi. Buni asosan ijtimoiy hayotning faollashuvi, insoniyat madaniyati darajasining o‘sishi taqozo etardi. Jurnalistikaga oid ixtirolar va texnika taraqqiyoti qator davlatlarda bir vaqtning o‘zida mustaqil ravishda rivojlanib bordi. Asrning birinchi yarmida faqat Angliyada turli zamonaviy harf terish mashinalarining 8 tasi qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi yarmida bunday ixtirolar soni 568 taga yetdi.
Berlinda yashovchi Georg Zigl 1851 yili toshdan litografik nusxa (ottisk)larni mexanizatsiya yo‘li bilan olishga erishdi. Bu litografik jarayonning takomillashuvi va ofset usulining ixtiro qilinishiga olib keldi. Shu yilning o‘zida turli rangdagi qadoqlangan materiallar o‘ylab topildi. 1854 yili linotipni eslatuvchi harf terish mashinasi yaratildi. Asl linotipning ixtirosiga esa hali yana 30 yil bor edi.
1853 yili Angliya va Amerika o‘rtasida telegraf aloqasi o‘rnatilib, Angliya qirolichasi jo‘natgan xabarni Amerika prezidenti shu vaqtning o‘zidayoq qabul qildi. Bunday tezkorlik jurnalistika faoliyatida haqiqiy yuksalish sari yana bir dadil qadam bo‘ldi.
Angliyada nashr etiladigan «Tayms» gazetasi 1814 yil 28 noyabrda «Bugundan boshlab gazeta odam qo‘li yordamisiz soatiga 1000 nusxada bosiladi, buni mashina amalga oshiradi», degan kengaytirilgan xabar bilan chiqdi. Shunday qilib, Gutenberg bosmaxonasi ishchisining tezligiga nisbatan bu davr matbaachisining mehnat unumdorligi bir necha o‘n ming marotaba oshdi. Ma’lumki, avvallari bosma harflar, so‘zlardan iborat katta hajmdagi matnlar elementlari qo‘lda bitta-bitta yig‘ib terilar edi. Albatta, bosmaxona mutasaddilari qo‘l mehnatini kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga o‘sha vaqtlardanoq harakat qilib kelganlar. Bunda ular, masalan, reykalarga harflarni terib, matn tayyorlashni o‘rganish orqali birmuncha muvaffaqiyatlarga erishganlar.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling