Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti


Download 65.57 Kb.
bet7/24
Sana30.04.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1416820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi

Stereotiplik. «Stereotip» grekcha so‘z bo‘lib, terilgan matnning metall, rezina yoki plastmassaga ko‘chirilgan nusxasi, bosma qolipi, degan ma’noni anglatadi. Bunday matn ko‘p nusxada bosish va qayta nashr etishda ishlatiladi. Stereotip nashr – tayyor bosma qolipda chiqarilgan nashrdir. Stereotipiya – stereotiplar tayyorlash va ulardan foydalanib, kitob va shu kabi matbaa mahsulotlarini bosish usuli, texnikasini anglatadi.
XV asrda qum qoliplarga quyib yasalgan bosma metall shakllardan foydalanilardi; XVI asrda bu usul gravyuralarning metalldan yasalgan nusxalarini yog‘ochga tushirishda qo‘llanildi. Faqatgina XVIII asrga kelib bosma matn shaklidagi nusxalarni yaratishga erishildi va bu «stereotipiya usuli» deb nomlandi. Bunday bosmani shotlandiyalik zargar usta Vilyam Ged topgan. U bosmadan gipsli qolip olib, qo‘rg‘oshin quygan. Olingan quymalar yordamida esa uning o‘g‘li 1739 yilda yunon tarixchisi Gay Krisp Sallyustiyning bayonlarini nashr etgan. Lekin bu usul keng tarqalmadi.
Lord Stenxup 1804 yilda Gedning gipsli stereotipiyasiga qaytdi va ushbu usulni takomillashtirdi. Lionlik harf teruvchi Klod Jenu 1829 yilda qog‘ozli matritsalar usulini patentladi. Bu usulda maxsus ishlov berilgan namroq karton varag‘i terilayotgan shakl ustiga qo‘yiladi-da, cho‘tka bilan qoqiladi yoki unga press yordamida yopishtiriladi. Natijada literalarning relefli birlashmasidan ko‘proq stereotiplar quyishda foydalansa bo‘ladi. Stereotiplashtirish rotatsiyali mashinada qo‘llaniladigan shaklni olishga imkon yaratdi.
Matnlarni botiq bosma usulida ham yaratish mumkin. Ushbu jarayonda fotografiya yordamida o‘yilgan bosma shakl yasaladi. Botiq bosmada matn ko‘pincha rasmlar bilan birgalikda bosib chiqariladi.
Rotatsiya mashinalari. Rotatsiya mashinasini yaratish borasida ixtirochilar uzoq izlanganlar. Izlanishlar XIX asrda o‘z samarasini berdi. Ayrim manbalarda bu mashina ixtirochilari V. Nikolson va F. Bauer deb e’tirof etiladi. Ba’zi ma’lumotlarda esa, 1860 yilda noshir va matbaachi Ogyost Godnyu matnni bir vaqtning o‘zida qog‘ozning ikki tomoniga bosadigan rotatsiya mashinasini yaratgani qayd etilgan.
Bu mashinaning afzalligi botiq bosma usulida tayyorlangan matndan va asosan suratdan sifatliroq nusxa olishga yordam berishidadir. Mashina ikki silindrli bo‘lib, bittasida bosma usulda nusxa olinadi, ikkinchisi esa, Kyonig mashinalarida bo‘lganidek, maxsus moslama gorizontal tekislikda orqaga-oldinga harakat qilishiga yordam beradi. Bosib chiqarilayotgan material aylanadigan silindrlarga beriladi va rolik silindr bilan baravar tezlikda aylanadi. Chop etilgan varaqlar mashinaning o‘zida kesiladi. Bu mashinalarda asosan gazetalar chop etiladi.
1866 yili Londonda «Tayms» gazetasi birinchi marta o‘ramli qog‘ozdan o‘sha rotatsiya mashinasida chop etildi. Bunday mashinaning ko‘rgazma modeli amerikalik J. Uilson tomonidan ixtiro qilingan. Unda aylanuvchi o‘q (val) qog‘ozning uzluksiz kelib turishini ta’minlardi. Natijada soatiga 14000 nusxagacha gazeta chop etish mumkin bo‘lib qoldi. Ayni o‘sha «Tayms» gazetasi 1814 yilda bir soatda 1000 nusxada chiqarilganiga e’tibor bersak, qanchalik yuqori tezlikka erishilganligini anglash mushkul emas. Rotatsiya mashinasi ofset va botiq bosmada ham qo‘llaniladi. Ixtirochi Avgust Eppleget 1846 yilda «Tayms» gazetasi uchun soatiga 12000 ottiska (gazeta, jurnal, kitob sahifalaridan nusxa) bosib chiqara oladigan ilk mashinani yaratdi.
«Tayms» gazetasi egasining buyurtmasi bo‘yicha amerikaliklar Richard Xoe va Uilyam Bullok hamda fransuz Ippolito Marinonilar ikki tomonlama bosmaga ixtisoslashtirilgan «Volter bosma mashinasi»ni yaratishdi. Uning konstruksiyasi keyinchalik boshqa zamonaviy modellarga ham asos bo‘lib xizmat qildi.
Davr o‘tishi bilan bosma mashinalar yanada takomillashtirila borildi. 1872 yilda rotatsiya mashinasini ishlab chiqargan «Mashinenfabrik Augsburg-Nyurnberg», «Kyonig va Bauer», «Gummel» nemis firmalari o‘sha vaqtda ulkan ishni qoyillatganlar. Zero, ular ikkita bichimda bosib chiqaruvchi modellarni yaratgan edilar. Endilikda turli hajmdagi gazetalar eng yuqori tezlikda ana shunday mashinalarda chop etilmoqda.
Hozirgi vaqtda ham ayrim mamlakatlarda kichik bichimli va kamroq adadli gazetalar yassi bosma va rotatsiya mashinalaridan tashqari tigelli bosma mashinalarda chop etiladi.
Qo‘l bilan boshqariladigan bunday dastak («Bostonka») 1830 yilda Bostonda Oyzek Adam tomonidan yaratilgan. Unda bosma shakl vertikal negizda o‘rnatilgan bo‘lib, burchak tagida boshlang‘ich holatdagi qog‘oz bilan parallel ravishda o‘rin almashadi va butun yuzasi bilan unga zich yopishadi. Mexanik yo‘sindagi bu dastak avtomatika tizimlari bilan jihozlangan edi.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling