Mavzu: Lazer nurlarining xossalari
Download 1.21 Mb.
|
Lazer nurlarining xossalari
3.Lazer turlari.
Impulsli va uzluksiz lazerlar. Ish rejimi turiga qarab lazerlar ikkiga ajratiladi. Impulsli rejimda ishlovchi lazerni impulsli lazer, uzluksiz rejimda ishlovchi lazerni uzluksiz lazer deyiladi. Lazerning faol muhitida qo‟zg‟otuvchi qurilma yordamida inversli joylashuv energetik sathini hosil qilish damlashdir. Damlash jarayonining vaqtga bog‟liqlik hususiyatiga qarab, uni impulsli va uzluksiz damlashga ajratish mumkin. Agar damlash impuls yordamida amalga oshirilsa lazer nurlanishi ham impulsli bo‟ladi. Impuls boshlanishidan sshng faol muhit zarralaridan ma‟lum qismi inversli joylashuv sathiga o‟ta boshlaydi. Barqaror generatsiya sharti [ a0 L=f ] ( 1 ) bajarilishi boshlanishi bilan lazer nurlanishi boshlaydi. Bu erda a0 –yorug‟lik dastasi bo‟lmaganda kuchaytirish koeffitsienti, L -faol muhit o‟lchami, [ f= ln(p1p2) / 2 ] ( 2 ) qaytarishning effektiv koeffitsientlariga (p1p2) bog‟lik kattalik. Ushbu holda lazerni damlash impulsli va lazer nurlanishi impulsli bir-birini qoplagan holda bo‟ladi. Generatsiya chegarasiga etgan inversli joylashuv holatidan boshlab majburiy nurlanish (lazer nurlanishi) boshlanadi. Bu nurlanish bir tsiklda 2 L masofada xarakatlanib, hosil bo‟lgan ikkilamchi kvantlar sonini orttira boradi yoki yorug‟lik oqimini kuchaytiradi. Barqaror generatsiya holatida lazer nurlanishi dastasi tomonidan yo‟qotilgan energiya faol muhit tomonidan olingan energiya hisobiga to‟ldirib boriladi. Barqaror generatsiya energiya zichligi oqimining katta qiymatlaridagina amlaga oshadi. Shu sababli bu holda barqaror generatsiya sharti oqim mavjudligidagi holat uchun olinadi. [ a0 L=f ] ( 3 ) Uzluksiz damlash jarayonida barqaror generatsiya sharti doimo bajarilgani sababli lazer nurlanishi ham uzluksiz bo‟ladi. Ayrim hollarda damlashning bir impulsi natijasida bir necha impulsli lazer nurlanishi olish mumkin. Quyida uzluksiz rejimda ishlovchi lazerlar haqida ma‟lum ma‟lumotlar (1-jadval) va impulsli rejimda ishlovchi lazerlar haqida ma’lumotlar (2-jadval) keltirilgan. Jadvallardan ko’rinadiki faol muhitli gaz bo’lgan lazerlarda gaz razryadli qo’zg’otish usulida olingan lazer nurlanishi quvvati eng kichik (1-5 mVt) bo‟lib, uzluksiz rejimli lazerlarda eng katta quvvatli nurlanish (105 Vt) gazodinamik qo’zg’otish usulida olingan. Uzluksiz rejimli lazerlar Impulsli lazerlarda esa eng kam quvvatli nurlanish (10-50 Vt) yarimo’tkazgichlarda injektsion damlash usuliga mos kelib, eng katta quvvatli lazer nurlanishi shishaga neodim qo‟shilgan faol muhitda lampali sinxron damlash usuliga mos kelib, unda nurlanish quvvati [ P=104 ÷1013 Vt ] ( 4 ) gacha etish mumkin. Nochiziqli optika, majburiy kombinatsion sochilish, ikkinchi optik garmonika, uchinchi optik garmonika, superpozitsiya printsipining buzilishi, nochiziqli qutblanish, nochiziqli optik kiruvchanlik, optik detektorlash, majburiy nurlanish, spontan nurlanish, majburiy yutilish, mazer, lazer, metastabil holat, lazer nuri Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling