Mavzu: Lazer nurlarining xossalari


Nochiziqli muhitning moddiy tenglamasi


Download 1.21 Mb.
bet12/13
Sana11.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1189159
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Lazer nurlarining xossalari

2. Nochiziqli muhitning moddiy tenglamasi
Nochiziqli optik hodisalar nazariyasi moddiy tenglamalar va Maksvell tenglamalari asosida tuzilgan. Dielektrik, neytral, nomagnit muhit uchun Maksvell tenglamalari quyidagicha bo’ladi:
[ , , , , ]
bu yerda
[ ]
Maksvell tenglamalaridan quyidagicha to’lqin tenglamasi kelib chiqadi:
, (1)
u izotrop muhit uchun quyidagicha ko’rinish oladi:
(2)
(19.1) va (19.2) tenglamalarda ‑ yorug’lik to’lqinining elektr maydoni kuchlanganligi vektori, ‑ muhit qutblanishining vektori. Bu tenglamalar teng holda ham chiziqli, ham nochiziqli muhitlar uchun o’rinlidir. Bu tenglamalarga binoan, muhitning qutblanishi yorug’lik maydonining manbasi hisoblanadi.O’z navbatida, muhitning qutblanishi tushuvchi yorug’lik to’lqini ta’sirida vujudga keladi. Yorug’lik maydoni orqali qutblanishning vujudga keltirilishi quyidagicha yoziladi, bu tenglama esa muhitning strukturasi va hususiyatlari ko’rsatadi:

Nochiziqli muhitning oddiy moddiy tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
(3)
Bu tenglamaga binoan, muhitning qutblanishi yorug’lik maydoni
qutblanganligining nochiziqli funktsiyasidir. (19.1) ‑ (19.3) tenglamalardan optik garmonikalar generatsiyalanishi va boshqa nochiziqli optik effektlarning mumkinligi kelib chiqadi. SHu o’rinda takidlash kerakki, (19.3) tenglamadagi nochiziqli qo’shiluvchilarning nisbiy kattaligi yorug’lik maydoni kuchlanganligining, ya’ni yorug’lik to’lqini intensivligining, oshishi bilan o’sadi.
, (2), (3),... kattaliklar muhit hossalariga bog’liq va optik kiruvchanlik deb ataladi. Hususan, ‑ chiziqli optik kiruvchanlik, (2)ikkinchi darajali nochiziqli kiruvchanlik, (3) uchinchi darajali nochiziqli kiruvchanlik deyiladi va hokazo.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling