Mavzu: Lazer nurlarining xossalari
Download 1.21 Mb.
|
Lazer nurlarining xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Nochiziqli kiruvchanlik
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
3. Nochiziqli qutblanish
Yorug’lik maydoni kuchlanganligi bilan nochiziqli bog’langan muhit qutblanganligining qismi nochiziqli qutblanish deyiladi. Muhit qutblanishida chiziqli va nochiziqli komponentlarni ajratib quyidagini yozish mumkin: (4) (19.4) ni (19.1) va (19.2) larga qo’yib, to’lqin tenglamalar quyidagi shaklda: , (5) nochiziqli anizotrop muhit uchun va (6) nochiziqli izotrop muhit uchun olamiz. (19.3) ‑ (19.6) lardan ko’rinadiki, muhitning nochiziqli qutblanishi maydonning yangi spektral komponentlarining manbasi hisoblanadi (optik garmonika, kombinatsion sochilish va shunga o’xshashlar). 4. Nochiziqli kiruvchanlik CHiziqli optik kiruvchanlik quyidagicha aniqlanadi: . (7) Muhitning nochiziqli optik kiruvchanligini kiritamiz va quyidagicha xulosalarga ega bo'lamiz.O’lchov birliklari esa o’zgarmaydi.Odatda past nochiziqli izotrop muhitlarda kubik nochiziqlilik noldan farq qiladi: Noinertsion javobli yaqinlashtirishda bunday muhitning moddiy tenglamasi quyidagicha bo’ladi: . ( 8 ) SHu yaqinlashtirishda muhitning sindirish ko’rsatkichi ( 9 ) formulalari orqali aniqlanadi, bu yerdan . (10) (19.9) ni (19.10) ga qo’yib va nochiziqli qo’shiluvchining nisbatan kichikligini hisobga olib, quyidagini olamiz: , ( 11 ) bu yerda . (12 ) Elektr maydon kuchlanganligining kvadratini yorug’lik maydoni intensivligi orqali ifodalaymiz: formuladan foydalanib, quyidagini olamiz: , ( 13 ) bu yerda ( 14 ) ‑ muhitning chiziqli sindirish ko’rsatkichi, ‑ yorug’lik tezligi. ( 19.12 ) formula ‑ kubik nochiziqli muhitlarda sindirish ko’rsatkichining yorug’lik intensivligi bilan qanday bog’langanligini ko’rsatadi. Bu effekt yorug’lik to’lqinlarining o’zaro ta’sirlashishiga, jumladan, yorug’lik dastasining o’zifokuslanishi, impulьsning fazaviy o’zimodulyatsiyalanishi, nochiziqli muhit bilan to’ldirilgan rezonatorning bistabillashishi kabi effektlarga olib keladi. (19.12) tipidagi nochiziqlilikka olib keluvchi konkret mexanizm kuchli qutblangan yorug’lik to’lqini maydonida suyuqlikning anizotrop molekulalarining aylanishi bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Bunday mexanizm doimiy elektr maydoni tomonidan vujudga keltirilgan yorug’likning ikkilanib sinishi asosida yotganligi sabab («Kerr effekti»), sindirish ko’rsatkichining yorug’lik intensivligiga bog’liqligi Kerrning yuqori chastotali effekti deyiladi, (19.12) ko’rinishdagi nochiziqlilik esa ‑ Kerr tipidagi nochiziqlilik deyiladi. Yuqorida aytib o’tgan barcha fikrlar asosiy ma’lumotlardan hisoblanadi. Aytib o’tgan ma’lumotlarimiz sizlarda lazer haqida tushuncha paydo bo’lishiga ko’mak beradi degan umittaman. E’tiboringiz uchun raxmat. Quyida esa mavzu yuzasidan o’z huloslarimni bayon etishga harakat qildim. O’qib olgan bilimlarimga baho berasiz degan umittaman! Xulosa Hozirgi vaqtda lazer nurlari ko’plab sohalarda keng qo’llanilmoqda. Lazer nurlaridan foydalanib o’ta kattik moddalarga (olmos va boshqalarga) ishlov berish mumkin. Lazer nurlari mahsulotlardagi defektlarni aniqlashda, uzoq masofalardagi radioaloqada, kichik hajmlarda juda yuqori temperatura xosil qilishda, meditsinada juda nozik xirurgik operatsiyalarini bajarishda (masalan, ko’z jarrohligida) qo’llanilmoqda. Lazerlar yordamida olingan nurlar yuqori darajada kogerent, dastasi esa nihoyatda ingichka bo’lganligi uchun ular fan va texnikaning turli sohalarida: uzoq masofalardagi radioaloqada, kichik hajmlarda juda yuqori temperaturali plazma xosil qilinib, u o’rganilmokda. Ma’lumki, yuqori temperaturali plazmani o’rganish boshqariluvchi termoyadro reaktsiyasini amalga oshirish bilan bog’liqdir. Lazer nuri yordamida predmetning hajmli tasvirini hosil qilish va bu hajmli tasvirni maxsus usulda yozib olish mumkin. Bu soha golografiya deb ataladi. Lazer turlari, ishlash printsipi va xarakteristikalari bilan «Kvant elektronikasi» kursida tanishtirib o’tiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Karlov N.V.Leksii po kvantovoy elektronike. M:Nauka,1988. 2. Svetlo.O.Prinsipi lazerov. M:Mir.1990. 3. Krilov K.I. Osnovi lazernoy texniki .L.,,Mashinostroenie”.1990 4. Tursunov A.T. TuxliboevO. Kvant elektronikasiga kirish. 5. Demtreder V.Lazernaya spektroskopiya . Nauka.M:1985. 6. Lansberg G.S.Optika. Nauka.M:2005. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling