Mavzu: Lazer nurlarining xossalari


Yorug’likning majburiy kombinatsion


Download 1.21 Mb.
bet11/13
Sana11.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1189159
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Lazer nurlarining xossalari

Yorug’likning majburiy kombinatsion
sochilishi (19.3-rasm). Dastlab yorug’likning kombinatsion sochilishi hodisasi 1928 yilda Rossiyada G.S.Landsberg va L.I.Mandelьshtam hamda ularga bog’liq bo’lmagan holda Hindistonda CH.V.Raman va K.S.Krishnan tomonidan kuzatilgan. MKS ni 1962 yilda Vudberi va Nga kuzatdilar. Bu effektnng ma’nosi shundaki, kuchli lazer dastasi maydonida muhit intensiv nurlanish generatsiyalaydi. Bu nurlanish chastotasi, lazer chastotasiga nisbatan, molekulyar tebranishlar chastotasiga teng bo’lgan kattalikka siljigan bo’ladi. Bu jarayon mexanizmi, spontan sochilishdagi kabi, molekulyar tebranishlar tomonidan vujudga keltiriluvchi yorug’lik modulyatsiyasidan iborat. Yo’nalishi har tomonga va kuchsiz bo’lgan spontan sochilishdan farqi shundaki, majburiy sochilish lazer generatsiyasini eslatadi. Majburiy sochilishning quvvati va yo’nalishi lazer dastasining analogik parametrlariga yaqindir. Buning sababi shundaki, majburiy sochilish xaotik molekulyar-issiqlik tebranishlarda bo’lib o’tmay, balki muhitning yorug’lik tomonidan uyg’otilgan va fazalangan katta hajmida ro’y beradi. Spontan sochilishining majburiy sochilishiga o’tishi uyg’otuvchi yorug’likning MKS ostonasi deb atalmish intensivligidan oshganida ro’y beradi. MKS ni 1962 yilda Vudberi va Nga kuzatdilar.
Yorug’likning o’zifokuslanishi ‑ bu kuchli lazer dastasi maydonida muhitning fokuslovchi (linzaviy) hususiyatlarga ega bo’lishidir (19.6-rasm). Buning n

6-rasm.
atijasida yorug’lik dastasi yupka yorug’lanuvchi ipga aylanadi yoki bir nechta

shunday iplarga bo’linadi.

Kuchli yorug’lik to’lqinlari uchun superpozitsiya printsipining buzilishi.
Nochiziqli optik hodisalarning ko’p qirraligida, ularning barchasiga tegishli bo’lgan, ba’zi bir umumiy hususiyatlarni ko’rsatish mumkin. Birinchidan, yorug’lik intensivligiga kuchli bog’lanish mavjud. Ma’lumki, nochiziqli optik effekt yetarlicha yuqori quvvatli yorug’lik intensivliklarida sezilarli bo’ladi. Nochiziqli optika ‑ kuchli yorug’lik maydonlari, yuqori quvvatli lazer dastalari optikasidir. Ikkinchidan, nochiziqli effektlar uchun superpozitsiya printsipining buzilishi xarakterlidir . Bu printsipning moxiyati shundaki, har xil chastotali, yo’nalishli, qutblanishli yorug’lik to’lqinlari muhit bilan bir-biridan mustaqil ravishda o’zaro ta’sirlashadilar va tarqaladilar. Nochiziqli optikada bunday emas.
Bunda yangi spektral komponentlar paydo bo’ladi, har xil yorug’lik to’lqinlari o’zaro ta’sirlashadilar, bitta to’lqinning ikkinchisiga aylanishigacha ular orasida energiya almashinishi ro’y beradi. Masalan, ikkinchi optik garmonika generatsiyasi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling