IV Mustahkamlash.
Diktant matni o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi. Tekshirish uchun diktant matni to’liq o’qib eshtiriladi, o’quvchilar xatolari yo’qligiga ishonch hosil qilgach , vaqt tugagach diktant yig’ib olinadi.
V Vazifa. Takrorlash.
10 Mavzu: 121 – 123- mashqlar.
Sana_____ Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi
Maqsad: DTS talablariga asosida bilim berish.Ot so’z turkumi haqidagi bilimlarini boyitish..
Ta’limiy : O’quvchilarga otlarga kelishik qo’shimchalari haqida bilim berish. FK2 o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi,
Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’zbek madaniyati va san’atidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish.
TK3 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni muomala madaniyatini rivojlantirish. TK2 axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, aqliy hujum, guruhlarda ishlash.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Kumush qish ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; calendar - taqvim.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III Yangi mavzu bayoni 121 – mashq. O’qing. Har bir gapda takrorlanib kelayotgan bir xil otlarni aniqlang. Shu otlarni ajratib ko’rsatilgan so’z bilan birga ko’chiring.
Mehnat tarbiyalaydi. Mehnatning tagi. Mehnatni seving. Mehnatga o`rgating. Mehnatda sinaladi. Mehnatdan kelsa.
Kelishik nomlarini, so’roqlarini yoddan yozing. Yozganlaringizni darslikdan tekshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |