Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet8/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular qanday farqlanayotganini izohlang.

1. Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi.

2. Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi.

3. Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.

Bilib oling. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko‘ra ular bir-biriga ma’nodosh bo‘la oladi

155-mashq. Ko‘chiring. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gapga aylantiring.

1. Qor yog‘di - don yog‘di. (Maqol) 2. Sir ko‘p olam qa’rida, Mo‘jizaga kon olam. (Usmon Azim) 3. Ayrilganni ayiq yer, Bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol) 4. Yurgan daryo - o‘tirgan bo‘yra. (Maqol)

Namuna: Qor y o g ‘di - don y o g ‘di. / / Qor y o g ‘di, g o y o don y o g ‘di. / / Qor y o g ‘di-yu, don y o g ‘di.

156-mashq. Gaplarni o‘qing, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga aylantiring.

Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi. Odamning yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. (Ahmad Yugnakiy)



Namuna: Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma.

157-mashq. Mazmuni o‘zaro yaqin, lekin har xil bog‘lovchi vositalar bilan bog‘langan qo‘shma gaplar tuzing. Ularning orasidagi farqni izohlang.

Namuna:


1. Eshik ochildi, xonaga rassom kirib keldi.

2. Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi.

3. Eshik ochildi-da, xonaga rassom kirib keldi.

4. Eshik ochildi-yu, xonaga rassom kirib keldi.

5. Eshik ochildi hamda xonaga rassom kirib keldi.

158-mashq. Qo‘shma gaplarni bog‘langan, ergashgan va bog‘lovchisiz kabi turlarga ajratib ko‘chiring. Bir qo‘shma gap turini boshqasiga aylantirishga harakat qiling.

1. Sizning qistovingiz bilan ko‘nishga ko‘ndim-u, lekin o ‘sha kundan beri o ‘zimga kelolmayman. (Erkin A ’zam). 2. U bir narsa demoqchi bo‘lib geologlar tomonga o‘girildi. Lekin ular ancha olislab ketishgan edi. (O‘. Umarbekov) 3. Xolang — savodsiz

bir narsa, ammo yurt ko‘rgan xotin. (Said Ahmad) 4. Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o ‘tirishga fursatim y o ‘q – idorada odamlar kutib o ‘tiribdi. (Abdulla Qahhor)

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Nima uchun qo‘shma gaplar qismlarini bog‘lovchi vositalarda ma’nodoshlik va vazifadoshlik mavjud?

2. Qo‘shma gaplar qismlarini bog‘lovchi vositalar ma’nodoshligining lug‘aviy ma’nodoshlik (chiroyli // go‘zal), Grammatik ma’nodoshlik (akamga oldim // akam uchun oldim) bilan qanday aloqasi bor?

3. Ohang, teng bog‘lovchi va bog‘lovchi-yuklamalar vazifadoshligiga misollar keltiring.




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling