Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet6/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Berilgan gaplarda qo‘llangan tinish belgilarini izohlang.

1. Ruboiyni ichida o ‘qidi, yuzini tabassum qopladi. (Oybek) 2. Yana uvlar dahshat shamoli, Ko‘kni qora bulut quchadi. (Temur Fattoh) 3. Suv keldi - nur keldi. (Maqol)

4. Orzum shul: o ‘chmasin yongan chirog‘ing. (A.Oripov)

150-mashq. Parchani o‘qing. Unda ifodalangan fikrga munosabat bildiring. Sodda gaplarning bog‘lanishiga va qo‘llangan tinish belgilariga diqqat qiling.

Bizning shunday ulug‘ she’riyatimiz bor, boylikda beqiyos ona tilimiz bor. Til millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor – millat bor. Til y o ‘q - millat y o ‘q. Istiqlol unut bo‘lgan davlatchiligimizni tikladi, y o ‘q bo‘lishga mahkum qilingan tilimizni, demakki,

millatimizni asradi va aziz qildi. Endi uning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, turlicha “izm” tamg‘alarini qo‘yib iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o ‘rniga qaytarish, buning uchun mumtoz adabiyotimizni chuqur o ‘rganish hozirgi avlod zimmasidagi sharafli burchdir. (E. Vohidov)
151-mashq. Ahmad Yugnakiyning o‘gitlarini o‘qing, ularga amal qilyapsizmi? Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor qarating.

O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to ‘g ‘ridir, o ‘rinsiz ko‘p vaysagan til shafqatsiz yovdir. Ahmoq kishining tili o ‘ziga dushman, ko‘p kishilarning qoni til tufayli to ‘kildi. Yaxshi kishi qo‘lidan yomonlik kelmaydi, yomon kishi yaxshilik qaytarish uchun javob topa olmaydi.


152-mashq. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini joy-joyiga qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.

1. Qadr-qimmat va izzat-e’tibor bilim tufaylidir bilimsiz zakovatsiz kishining bir kaft tuproqcha ham qimmati y o ‘qdir. (Yusuf Xos Hojib) 2. Takabburlik shayton ishi O‘zini katta olish nodon ishi. (Alisher Navoiy) 3. Halol-pokiza kishi doimo xotirjam-u tinchlikdadir birovga xiyonat-u yomonlik qiladigan kishi halokatga giriftordir. (Zamaxshariy) 4. Fikrlash hayotdagi quvonch va kata baxtdir u insonning qudratli mashg‘ulotidir. (Aristotel)


153-mashq. Maqollarni ko‘chiring, tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling.

1. Yaxshi so‘z - yurak yog‘i, Yomon so‘z - yurak dog‘i.

2. Yaxshi so‘z - yurakka malham, Yomon so‘z - yurakka g ‘am.

3. Yaxshi so‘z qand yedirar, Yomon so‘z pand yedirar.

4. Yaxshi so‘zdan moy eriydi, Yomon so‘zdan soy quriydi.

5. Har mevaning po‘chog‘i bor, Har so‘zning o ‘lchovi bor.



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling