Mavzu: Medel qonunlari. Monoduragay chatishtirish


Monoduragay chatishtirish


Download 10.02 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi10.02 Kb.
#1589500
1   2   3   4
Bog'liq
Vitaminlar

Monoduragay chatishtirish

Bir juft turg'un belgisi bilan farq qiluvchi ota-ona organizmlarni chatishtirishga aytiladi. Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatishtirishdan boshladi. A – dominant belgi a retsessiv belgi

Gomozigota organizm dominant (AA yoki BB) yoki retsessiv (aa yoki bb) holatda bo’ladi.

Geterozigota organizmda biri dominant, ikkinchisi retsessiv (Aa yoki Bb) holatda bo’ladi.

Medelning birinchi qonuni


Agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o'zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo'lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo'ladi. No'xat o'simligining doni rangi (sariq va yashil) va donining shakli (silliq va burishgan) bo'lgan navlarni o'zaro chatishtirib, F1 bo'g'inda sariq va silliq duragaylar olinadi

Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni.

Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan avlodlarning ma'lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi geterozigota holatdagi ikkita F2 bo'gin duragaylarini o'zaro chatishtirish natijasida ikkinchi bo'g'in (F2)da quyidagicha nisbatda ajralish kuzatiladi fenotip bo'yicha 3:1, genotip bo'yicha 1:2:1. F2da olingan organizmlarning 25 foizi gomozigota holatda dominant (AA), 50 foizi dominant belgi bo'yicha geterozigota (Aa), 25 foizi retsessiv belgi bo'yicha gomozigota (aa) boʻladi. Ikkinchi avlodda olingan o’simlikda esa retsessiv belgilarni namoyon qiladi.

Chala dominantlik.


Mendel tajribalarida no‘xat donining sariq rangi yashil rangi ustidan, gulning qizil rangi, oq rang ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Lekin tabiatda ayrim o‘simlik va hayvonlar o‘zaro chatishtirilganda doimo bu hodisa namoyon bo‘lavermaydi. Ba’zan chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona belgilari duragaylarda oraliq holda irsiylanishi mumkin. Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni dominantlik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘simligining ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki – oq. Birinchi avlod duragaylarining hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi.

Download 10.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling