Mavzu: Mis,kumush,oltin ishlatilish sohalari va qo’llanilishi. Reja
Download 353.52 Kb.
|
Ashurov S Z
Kimyoviy xossalari: Kumush o’zining faollik bo’yicha oltin va mis oralig’ida joylashgandir. Odatiy sharoitda kislorod bilan ta’sirlashmaydi. Kumush vodorod, azot va uglerod bilan odatiy sharoitda tasirlashmaydi. Yuqori haroratda uglerod kumush bilan kumush karbidi Аg2С2, fosfor bilan АgР, Аg2Р3ваАgР2 hosil qiladi. Qizdirilgan holatda kumush oltingugurt bilan tasirlashib Ag2S hosil qiladi. Bu birikma kumushdan oltingugurtni gaz holatda o’tkazishdan qaysiki sulfid minerallarining parchalanishidan chiqqan gaz tasirida sodir buladi. Vodorod sulfidning oxista ta’sirlashuvi natijasida ham kumush yuzasida qora parda hosil bo’ladi.
Ag2S. Bu jarayon kumush buyumlarning vaqt utishi bilan korayib kolish jarayonini izohlaydi. Shuning bilan birgalikda kumush xlor, brom va yod bilan tasirlashib mutanosib ravishda ushbu metalmas galogenlarini xosil kiladi. Bu jarayonlar oddiy sharoitda sekin kechib, namlik yoxud temperatura tasirida tezlashadi. Kumush kimyoviy birikmalarda bir valentli, ammo uning 2 va 3 valentli bo‘la olish hollari ham uchraydi. Uy sharoitida, namli havoda kumush metali sirtida yupqa 12A, qalinlikdagi kislorod pardasi hosil bo‘ladi, harorat osha borishi bilan, kislorod pardasi ham qalinlashadi. Harorat 4000C0 ga yetganda kislorod kumushda Ag2O sifatida eriydi. Bosim 414 atm. bo‘lganda AgO2 sistemasida 5070C0 da evtektika holati kuzatiladi (evtektika shu birikmada ikki elementning bir-birida eriy olish qobiliyatidir), (masalan AgO2 - 51%). Eriyotgan kumush o‘ziga kislorod yutadi, sovuganda u gaz sifatida ajralib chiqadi, kumush oksidlanadi: Ag2O, AgO, Ag2O3 lar ham ma’lum. Suvli suyuq eritmalarda kumushning elektron potensiyali quyidagicha: Ag → Ag+e, E0 = +0,799 B. Shu sababdan kumush ham oltin singari suvli eritmalargi kislotalardan vodorodni siqib chiqara olmaydi, ishqorlar bilan tasirlashmaydi. Oltindan farqli ularoq kumush kuchli kislota va kuchli oksidlovchilar masalan konsentirlangan sulfat kislotasi va nitrat kislotasi tasirida eriydi. Kumush ham «Shox arog’ida» yaxshi eriydi, to’yingan xlorid kislotasi bilan ham reaksiyaga kirishadi. Nitrat kislotada va konsentrlangan sulfat kislotada kumush yaxshi eriydi. 2Ag + 2H2SO4 = Ag2SO4 + 2H2O + SO2 Kumush sulfati oq tusli rombik shaklidagi kristallar bo’ladi. Azot kislotasi kumushni uy haroratida erita oladi: 6Ag + 8HNO3 = 6AgNO3 + 4H2O + 2NO Kumush nitrat AgNO3 - romb shaklidagi rangsiz kristallardir. Yuqori haroratda kumush va HCl o‘rtasida muvozanatli reaksiya yuz beradi: 2Ag + 2HCl = 2AgCl + H2 Ftor bilan kumushning quyidagi birikmalari mavjud: АgF2, Ag2F, AgF. Kumush birikmalarida kumush xlorid AgCl - amaliy ahamiyatga egadir. U oq kristallik modda, odatda kumush xlorid kumush azot tuzlari ta'sirida cho’kmaga AgCl sifatida o’tiradi. Kumush xlorid tuzi fotomateriallar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Kumush xlorid asosan kosmik nurlanishlarda detektorlar sifatida ishlatiladi. U meditsinada ham ishlatiladi. Kumush brom birikmalari kumush yod ham fotomateriallar tayyorlashda ishlatiladi. Kumush sulfid - AgS- tabiatda argentit minerali sifatida uchraydi. Oltin kabi kumush ham sinil kislota tuzlari bilan kompleks birikmalari hosil qiladi. Bu esa kumushni rudalar tarkibidan eritib ajratib olishda juda qo’l keladi. AgNO3 eritmasining kaliy sianid eritmasi bilan ta’siri natijasida oqishsimon kumush sianidi hosil bo‘ladi: АgNО3 + КСN = АgСN + КNО3 АgСN ning ko’p bo’lishi uning yana kaliy sianidi bilan birikib kompleks sianid tuzi hosil bo’lishiga olib keladi. АgСN + КСN= К [Аg(СN)2] Oltin va kumush kislorod ishtirokida ishqoriy metallning sianidli tuzlarida eriydi: 2Аg + 4КСN +1 2 O2 + H2O = 2К[Аg(СN)2] + 2KOH. Kumu oksidi Ag2 jigarsimon rangda bo’lib quyidagi usulda olinadi: AgNO3 eritmasiga ishqor eritmasi quyiladi natijada qoramtir gidrooksid cho‘kmasi quyidagi reaksiya bo‘yicha hosil bo‘ladi. АgNО3 + КОН = АgОН + КNО3 Eritmani cho‘kmadan ajratib kichik chinni idishga o‘tkazilib, suv bilan yuviladi va 50-600C da quritiladi. Kumush oksidi quyidagi reaksiya bo’yicha hosil bo‘ladi: 2АgОН → Аg2О + Н2О Kumush oksidini 2500C da qizdirganimizda u kumush va kislorodga parchalanadi: 2Аg2О → 4Аg + О2 Vodorod pereoksid uni uy sharoitidayoq metallgacha qaytara oladi: 2Аg2О + Н2О2 →2 Аg + Н2О + О2 AgBr – kumush bromidi uz xossalariga kura kumush xloridga uxshash. U ammiakli eritmalarda, tiosulfat eritmalarida, sulfitva sianit eritmalarida yaxshi eriydi va metall xoligacha oson qaytariladi. AgI - kumushning yodli birikmasi AgC1 va AgBr dan farqli o’laroq ammiakli eritmalarda erimaydi ammo CN - va S2O3 2- ionlari ishtirokida amiakka nisbatan kuchliroq kompleks birikma hosil qiladi. Kumushning qiyin eruvchi galogenlarining xarakterli tomoni shundaki ular yorug’likka sezgirlik qobiliyatiga ega bo’lib, yorug’lik tasirida kumush galogenlari erkin metall va galogenga parchalanadi: 2AgI = 2Ag + I2.[20;16-20]. Download 353.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling