Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.5 Mb.
bet119/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari


Soliq solish obyekti va soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, Soliq kodeks-


-ning 295 va 296-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Jami daromad yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan daromadlardan iborat bo‘ladi. Jismoniy shaxs o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o‘zidan aniq kelib chiqmasa, u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat
yuritayotganligini ko‘rsatishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkorning jami daromadidan soliq bazasini aniqlashda, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq kodeksning 44-bobiga muvofiq che- girib tashlanmaydigan xarajatlardan tashqari soliq solinadigan daro- madning olinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari aktivdan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan taqdirda va tadbirkorlik faoliyati bilan xarajatlarning aloqasi aniq asoslangan bo‘lsa, jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga haqli.
Soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi, bundan Soliq kodeksi 359-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq bazasini hisoblab chiqarish- ning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash uchun soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakldagi bildirishnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:

  1. yangidan ro‘yxatdan o‘tkazilganlar – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boshlanguniga qadar;

  2. foyda solig‘ini to‘lashga o‘tganlar, shu jumladan ixtiyoriy ravishda o‘tganlar – bir vaqtning o‘zida foyda solig‘ini to‘lashga o‘tish to‘g‘risidagi bildirishnomani soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga yuborganda;

  3. qolganlari – joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmay.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash quyidagi muddatlarda boshlanadi:

  1. ushbu modda to‘qqizinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilganlar uchun – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boshlangan paytdan;

  2. ushbu modda to‘qqizinchi qismining 2-bandida ko‘rsatil- ganlar uchun – yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini to‘lashga o‘tish to‘g‘risidagi bildirishnomani va soliq bazasini soddalash-

tirilgan tartibda hisoblab chiqarish haqidagi arizani soliq organiga taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab;

  1. ushbu modda to‘qqizinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilganlar uchun – joriy yilning 1-yanvaridan boshlab.

Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechish va soliq bazasini hisoblab chiqarishning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy tartibiga o‘tish kelgusi soliq davri boshlanganidan e’tiboran amalga oshiriladi.
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga o‘tish to‘g‘risidagi bildirishnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda soliq davri boshlanishidan kamida bir oy oldin soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi:

  1. yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinishi lozim bo‘lgan daromadlari;

  2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini to‘lashga o‘tguniga qadar aylanmadan soliqni to‘lash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling