Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili turlicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan ob’ekt qiymatini baholash undan eng yaxshi va eng samarali foydalanish sharoitida bajarilishini talab qiladi. Mashinalar, jihoz-uskunalar va transport vositalariga nisbatan ushbu tamoyilga ko‘ra har qanday mashina uning bevosita maqsadga ko‘ra foydalanishi, mashinaning vaqti va quvvatiga ko‘ra to‘liq yuklanishi ta’minlanganligi, unga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qoidalariga rioya qilinishi, normal foydalanish rejimi tutib turilishi, ish xodimlari tegishli malakasiga ega bo‘lishini ko‘zda tutgan holda baholanishi kerak. Ko‘p vazifali bo‘lgan va bir nechta qo‘llash sohasiga ega bo‘lgan ob’ektlar baholanganda, ushbu tamoyilga rioya qilish yuzasidan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Masalan, traktor qurilish maydonchasida ham, qishloq xo‘jalik ishlarida ham, sanoat korxonasida ham qo‘llanishi mumkin. Traktorning har bir qo‘llanish sohasidagi daromadliligi turlicha, bunga mos holda baholanadigan qiymati ham turlicha bo‘ladi. Traktorni baholash uchun asosiy qo‘llanish soxasi sifatida baholovchi ushbu mashinaning funksional imkoniyatlari eng to‘liq amalga oshadigan sohani tanlaydi. - Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili turlicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan ob’ekt qiymatini baholash undan eng yaxshi va eng samarali foydalanish sharoitida bajarilishini talab qiladi. Mashinalar, jihoz-uskunalar va transport vositalariga nisbatan ushbu tamoyilga ko‘ra har qanday mashina uning bevosita maqsadga ko‘ra foydalanishi, mashinaning vaqti va quvvatiga ko‘ra to‘liq yuklanishi ta’minlanganligi, unga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qoidalariga rioya qilinishi, normal foydalanish rejimi tutib turilishi, ish xodimlari tegishli malakasiga ega bo‘lishini ko‘zda tutgan holda baholanishi kerak. Ko‘p vazifali bo‘lgan va bir nechta qo‘llash sohasiga ega bo‘lgan ob’ektlar baholanganda, ushbu tamoyilga rioya qilish yuzasidan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Masalan, traktor qurilish maydonchasida ham, qishloq xo‘jalik ishlarida ham, sanoat korxonasida ham qo‘llanishi mumkin. Traktorning har bir qo‘llanish sohasidagi daromadliligi turlicha, bunga mos holda baholanadigan qiymati ham turlicha bo‘ladi. Traktorni baholash uchun asosiy qo‘llanish soxasi sifatida baholovchi ushbu mashinaning funksional imkoniyatlari eng to‘liq amalga oshadigan sohani tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |