Qiymatning o‘zgarishi (ko‘chuvchanligi) tamoyili aynan bir ob’ektning qiymati vaqt davomida doimiy bo‘lmasligi omilini hisobga olishni talab qiladi. Davlatdagi umumiqtisodiy inflyasiya, hamda ayrim tovar bozorlarining tuzilmasidagi siljishlar narxlarning, bunga mos holda qiymatning dinamikasini keltirib chiqaradi. Bundan har bir qiymatni baholashda ushbu baholashning sanasi, ya’ni bundagi holatiga ko‘ra qiymat aniqlangan taqvim vaqtining payti haqidagi ko‘rsatmani o‘z ichiga olishi lozimligining talabi kelib chiqadi. - Qiymatning o‘zgarishi (ko‘chuvchanligi) tamoyili aynan bir ob’ektning qiymati vaqt davomida doimiy bo‘lmasligi omilini hisobga olishni talab qiladi. Davlatdagi umumiqtisodiy inflyasiya, hamda ayrim tovar bozorlarining tuzilmasidagi siljishlar narxlarning, bunga mos holda qiymatning dinamikasini keltirib chiqaradi. Bundan har bir qiymatni baholashda ushbu baholashning sanasi, ya’ni bundagi holatiga ko‘ra qiymat aniqlangan taqvim vaqtining payti haqidagi ko‘rsatmani o‘z ichiga olishi lozimligining talabi kelib chiqadi.
Ayni paytda baholash nazariyasi va amaliyotida uchta tub asosiy uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan: qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvi. - Ayni paytda baholash nazariyasi va amaliyotida uchta tub asosiy uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan: qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvi.
- Qiyosiy yondashuv - baholanayotgan ob’ektni unga o‘xshash bo‘lgan, ular yuzasidan bitimlarning narxlari haqidagi ma’lumot mavjud bo‘lgan ob’ektlar bilan taqqoslashga asoslangan ob’ekt qiymatini baholash usullarining jamuljamligidir. Qiyosiy yondashuv yuqorida ko‘rsatilgan o‘rnini bosish tamoyildan kelib chiqadi, uning yordamida hosil qilinadigan qiymat ko‘pincha o‘rnini bosish qiymati deyiladi.
- Qiyosiy yondashuvning usullari taqqoslanadigan ob’ektlarning faol bozori mavjud bo‘lganda ayniqsa samarali bo‘ladi. Agar bozor ma’lumoti juda kam bo‘lsa, oldi-sotdi bitimlari muntazam bo‘lmasa, bozor o‘ta monopollashgan bo‘lsa, ushbu usullar bilan baholash ishonchsiz bo‘ladi, ba’zan esa mumkin bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |