Uchinchi guruhga bozor muhiti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tamoyillar kiradi. - Uchinchi guruhga bozor muhiti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tamoyillar kiradi.
- Ob’ektning bozor talablariga muvofiqligi tamoyili. Bitta ob’ektning o‘zi xaridorlarning (investorlarning) har xil toifalari tomonidan turlicha baholanadi. Masalan, qulay va shinam engil avtomobil shaharning sharoitida narxi yuqori bo‘ladi, shu avtomobilning o‘zi qishloq aholisi uchun, ayniqsa yomon yo‘l sharoitida unchalik qiymatga ega bo‘lmaydi. Agar ma’lum hududda sanoat korxonalari ko‘p bo‘lsa, mahalliy hududiy bozordadastgohlar, press va boshqa texnologik mashinalarga talab yuqori bo‘ladi, demak, bu uskunalarning narxi ham past bo‘lmaydi. Ushbu tamoyil tufayli, bozorning tahlili, ob’ektning bozor talablariga muvofiqligini aniqlash baholanadigan baholash amallarining majburiy elementi bo‘lishi kerak.
Mutanosib narxlarga asosan mo‘ljal olish tamoyili baholashda shunga o‘xshash tovarlarning mutanosib narxlari ishlatilishini talab qiladi. Narxlashtirish nazariyasidan ma’lumki, normal faoliyat yuritadigan bozorda narxlar barqaror bo‘lib, talab va taklif orasida muvofiqlik yuzaga keladigan mutanosib darajasiga intiladi. Mutanosib narxlarni shuningdek kelishilgan, adolatli, sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham bir xil foydali bo‘lgan narxlar deb atash mumkin. Bu narxlar bo‘yicha baholashda hisoblanadigan qiymati ham adolatli qiymat bo‘ladi. - Mutanosib narxlarga asosan mo‘ljal olish tamoyili baholashda shunga o‘xshash tovarlarning mutanosib narxlari ishlatilishini talab qiladi. Narxlashtirish nazariyasidan ma’lumki, normal faoliyat yuritadigan bozorda narxlar barqaror bo‘lib, talab va taklif orasida muvofiqlik yuzaga keladigan mutanosib darajasiga intiladi. Mutanosib narxlarni shuningdek kelishilgan, adolatli, sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham bir xil foydali bo‘lgan narxlar deb atash mumkin. Bu narxlar bo‘yicha baholashda hisoblanadigan qiymati ham adolatli qiymat bo‘ladi.
- Raqobat xususiyatini hisobga olish tamoyili shundan iboratki, tovar bozorlari raqobatning xususiyati va holatiga ko‘ra, hamda monopollashuv darajasiga ko‘ra jiddiy farqlanishi mumkin. Raqobatning xususiyati narxlashtirish jarayoniga ta’sir etadi. CHunonchi, monopollashgan bozorning sharoitida narxlar odatda monopolistning foydasiga o‘zgarib buzilgan bo‘ladi, va uning foydasining katta qismini o‘z ichiga oladi. Erkin raqobat bozori sharoitida mablag‘ kiritish daromadligi tenglashadi, narxlar orqali sotuvlarning rentabelligi taxminan barqaror darajada tutib turiladi. Raqobat tufayli narxlarning iqtisodiy tuzilishi barqaror va shaffof bo‘ladi, bu esa qiymatni baholashda xarajat yondashuvidan foydalanish uchun imkoniyat ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |