13
Musiqaviy sistemada tovushlar absolyut balandligi aniq sozlanganligi o‘zaro
bog‘lanishi musiqaviy soz deyiladi.
Musiqaviy sozga birinchi oktava Lya tovushi bir sekundiga 440
marta
tebranishi asos qilib olingan. Musiqaviy sistemada har bir oktava 12 teng qismga
yarim tonlarga bo‘lingan va temperasiyalangan soz deb atalgan. Yarim tonlik
musiqa sistemada eng kichik oralik hisoblanadi. Ikkita yarim ton butun ton deb
ataladi.
Tovush qatorda ikkita yarim ton va beshta butun ton bor.
Ular quyidagi
tartibda joylashgan.
DO RE MI FA SOL LYa
SI DO
1t 1t 0.5t 1 1 1 0,5t
Butun tonlar yarim tonlarga bo‘linadi. Tovush qatorning har bir asosiy
pog‘onasini ko‘tarib yoki pasaytirish mumkun. Ko‘tarilgan va pasaytirilgan
pog‘onalarga mos tovushlar xosila pog‘onalar hisoblanadi. Xosila pog‘onalarning
nomi asosiy pog‘onalardan kelib chiqadi.
Asosiy pog‘ona yarim tonga ko‘tarilsa- diyez so‘zi,
yarim tonga- pasaysa
bemol so‘zi qo‘yiladi. Ikkita yarim tonga pasaytirilsa dubl bemol ikkita yarim
tonga ko‘tarsa dubl diyez deb yuritiladi va alteratsiya deb nomlanadi. Alterasiya
so‘zi o‘zgarish manosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: