Mavzu: Musiqa darslarida imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash metodikalari( ko’zi ojiz)


Ko'zi ojiz va zaif ko’ruvchi maktab o'quvchilarining musiqa fanini o'zlashtirishlariga salbiy ta'sir qiluvchi omillar


Download 46.83 Kb.
bet3/4
Sana05.02.2023
Hajmi46.83 Kb.
#1167946
1   2   3   4
Bog'liq
7-ma\'ruza Ko\'zi ojiz o\'quvchilar mus met

Ko'zi ojiz va zaif ko’ruvchi maktab o'quvchilarining musiqa fanini o'zlashtirishlariga salbiy ta'sir qiluvchi omillar. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ko'zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalarning ko'p qismida ko'rish qobiliyatining buzilishi kasallikning boshqa nuqsonlari va shakllari (psixonevrologik kasalliklar, ichki organlar, nutqning buzilishi, harakat tayanch a’zolari, eshitish qobiliyatining buzilishi va boshqalar) bilan murakkablashadi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning umumiy salomatlik ko‘rsatkichi odatdagidek ko‘ruvchi bolalarnikidan past, kasallik tufayli darsga bormaslik ko‘rsatkichi esa sog‘lom tengdoshlarinikidan yuqori. Shu munosabat bilan darslarda o’quvchilarning individual imkoniyatlarni hisobga olgan holda alohida e'tibor qaratish lozim.
Ko'zi ojiz va zaif ko’ruvchi o'quvchilar katta maydonda orientatsiya olishlari sezilarli darajada qiyinlashadi, bu ularning harakatlarining chegaralanishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida mushaklarning gipotenziyasini (mushaklar kuchsizligi) rivojlanishiga olib keladi. Yoki, aksincha, ko'zi ojiz bolalar mushaklarining tonusini oshishiga olib kelishi mumkin.Egiluvchanlik va harakat erkinligi yo'nalishidagi tuzatish musiqa yaratish uchun ham, umuman hayotga moslashish uchun ham juda muhimdir.
Musiqa darslari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini, harakatlarini musiqa bilan muvofiqlashtirish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Verbalizm ko'pincha ko'zi ojiz o'quvchilarda nutqida,murakkab so'z birikmalaridan foydalanganda, har doim ham ularning ma'nosini bilmasdan qo’llanadi. Shuning uchun ta'lim berishda shu jihatlarga albatta e'tibor berish kerak bo’ladi,

Imkoni boricha ko’proq ko’rgazmali qurollardan foydalanish, o'quvchilarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi g'oyalarini to'g'ri yo’naltirish talab etiladi.


Ko'zi ojiz bolalarning ushbu xususiyatlarini va ularning sabablarini aniqlab, ularning darsda muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish kerak, chunki o'quv va tarbiya jarayonini to'g'ri qurish, oqilona tanlangan usul va uslublardan foydalanish, bolani to'liq muloqotga kiritish o'quvchilarning maktab bilimlarini o'zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi.
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi maktab o'quvchilariga musiqa o'rgatish paytida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari.




Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling