Muammo
|
Muammoning yechimlari
|
1
|
Sustkashlik
|
Vazifalar sonini kamaytiring yoki vazifalar sonini o'zgartirmasdan ularning hajmini kamaytiring. Ishni boshlashdan oldin, topshiriqni bajarish uchun ajratilgan vaqt haqida ogohlantiring, vaqti-vaqti bilan necha daqiqa qolganligini eslating.
Reja va algoritm bo'yicha ishlash. Sinfdagi jarayonni boshqaring, barchani bir xil vaqt oralig'ida topshiriqni bajarishga,nazariy materialni yozishda so'zlarni qisqartirishni o'rgating. Ishni kontrastlikda qo'llang: sekin - tez. O'quvchilarda diqqatni jamlash, tashqi omillarga chalg'imaslik ko'nikmalarini rivojlantirish uchun o'qituvchi-psixologlarni jalb qilish.
|
2
|
E’tiborning tarqoqligi
|
Faoliyat turlarini tez-tez o'zgartiring (lekin har bir dars uchun 4-5 tadan ko'p bo'lmagan), rejalar, algoritmlar, sharhlardan foydalaning. O'quv mashqlari uchun qiziqarli va o'yin materiallarini tayyorlang. Vazifalarni aniq shakllantiring, topshiriqni topshirgandan so'ng, uning so'zlarini o’quvchilardan takrorlashlarini talab qiling. Har doim materialni idrok etish uchun vazifa bering va uning bajarilishini tekshiring. Darsning har bir bo’limini tugatgandan so'ng oraliq nazorat o’tkazing. O’quvchilarga nazariy materialni kichik qismlarga bo’lib yetkazing. Muntazam,davomiy ish turlaridan saqlaning. Musiqiy darslarida jamoa bo’lib ijro etish faoliyatini qo’llang, chunki musiqa asboblarida ijro diqqatni, e'tiborni, xotirani rivojlantiradi. Musiqa asboblarining nomlari, ularning tembrlari, maxsus musiqiy atamalar (kalitlar, orkestr, ansambl va boshqalar) bilan tanishish nutqni rivojlantiradi va o’quvchining faol so'z boyligini rivojlantiradi. Jamoaviy musiqa ijodi talabaning mehnatsevarligini rivojlantiradi, bu uning barcha o'quv faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. O'quvchilarning diqqatini rivojlantirish uchun o'qituvchi-psixologlarni jalb qilish.
|
|
Hissiy chegaralanish va tananing tonusda bo’lishi .
|
Boshlang'ich maktabdan boshlab musiqa darslariga musiqaga mos plastik(egiluvchan)harakatlarni kiritish. Bunday holda, shaxsiy namuna bo’lib o'qituvchining o’zi og'zaki tavsifi bilan birga ko’rgazma bo’lishi kerak. Masalan, vazifa: P. I. Chaykovskiyning "bolalar albomi" ("yog'och askarlar marshi", "polka", "Shirin tush") musiqasiga mos harakat bajarish. Shu bilan birga, tana harakatlari tovushli musiqaning tabiatiga mos kelishi kerak. Masalan, marsh ostida biz askarlar singari yuramiz, oyoqlarimizni to’pillatmaymiz, musiqani tinglab ritmga mos harakat bajaramiz. O'qituvchi harakatlarni musiqiy ritm ostida, aniq talaffuz bilan birga olib boradi " bir, ikki, bir, ikki!»
"Polka" musiqasi ostida biz tizzalarimizni yarim o’tirgan holatda(prujinali) harakat qilamiz,qo'llarimiz bellarda.Shu harakatga qo’shimcha qilib gavdamizni chapga-o'ngga yarim aylana holatda ijro qilishimiiz ham mumkin. (Ba'zan o’quvchilar chap va o'ngni chalkashtirib yuborishadi, harakatning har ikki tomonida nima borligiga qarab "deraza, eshik" yoki "devor, eshik" deb yo’naltiring).
Harakatlarni ritmga mos va yengil bajaring.
“Shirin orzular” asari juda kuychan,ohangdor va mayin yangraydi.Shuning uchun harakatni ham ohangga mos ravishda,ya’ni oyoqlarimiz yelka kengligida,qo’llarimizni tepaga ko’tarib,shamol bo’layotganda daraxt shoxlari egilgani kabi gavdamizni goh o’ng tomonga,goh chap tomonga egamiz.So’nggi mashq bolalarni uzoq vaqt o’tirishlari natijasida kuzatiladigan charchoq hissini yengadi-gavdani cho’zishga,yelkadagi mushaklarni bo’shashtirishga harakat qiladilar. Bundan tashqari plastik harakatlarni dirijyorlik harakatlari bilan almashtirish mumkin. Dirijyorlik elementlarini boshlang'ich sinfdan, o'quvchilar simfonik musiqa bilan tanishgan paytdan boshlab kiritilishi mumkin.
|
|
Faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'tishdagi sustkashlik.
|
3 tadan ko'p bo'lmagan faoliyatdan foydalaning. Darsning har bir bo’limini tugatgandan so'ng oraliq nazorat o’tkazing. Vazifaning o'zgarishiga qarab, intonatsiyani, nutq tezligini, ovoz tembrini o'zgartiring. Siz ritmni chapak orqali o’quvchilarga yetkazib, o’quvchilardan ritmik harakatni takrorlashlarini so'rashingiz mumkin. (O'quvchilarga oldindan eslatib olish kerakki, ovozli imo-ishoralar faoliyatni o'zgartirish uchun signal beradi).O’quvchilar e'tiborini almashtirishni oshirish uchun psixolog-o'qituvchilarni jalb qilish kerak.
|
|
Nutqning noaninqligi va so’z zahirasining kamligi.
|
Repertuarga klassik kompozitorlarning qo'shiqlarini, xalq qo'shiqlarini kiriting. Vokal asarlarning ifodali ijrosiga erishing. Qiziqarli iboralardan foydalaning. O'qituvchining savollariga to'liq javob berishni talab qiling. Nutqning ekspressivligini rivojlantiruvchi turli o'yinlarni o'tkazing. Masalan, "Ismlar bilan o'yin". O'yin variantlari: o'z ismingizni navbat bilan turli yo'llar bilan ayting: juda baland ovozda, juda tez, pichirlab, qo'shiq ohangida, "onang maqtayotgandek", oyoqchalar bilan birgalikda , qarsak chalish bilan, qo'lingizni baland ko'tarib, cho'kkalab o'tirib va h.zo. Keyin - biron bir harakat bilan birga o'z ismining ifodali intonatsiyasi, ya'ni, o'zini imo-ishora, mimika va intonatsiyada ko'rsatish (improvisatsiya) mumkin.
|
|
Umumiy bilim darajasining pastligi.
|
Muhokama o`tkazish vazifasi bilan ekskursiyalar, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qiling.
O’quvchilarga qo'shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda o'quv topshiriqlarini bering.
(xabarlar materiallari, tezislar, tadqiqotlar, individual va
jamoaviy loyihalar).
Darsdagi mavzular bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni kiriting.
Musiqiy asarlar bastakorlarining portretlarini namoyish etish, yaratilish tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashish.
|
|
O'quv faoliyatiga motivatsiyaning pastligi.
|
O’quvchilarning konkurslarda, musiqaga oid tuman va shahar tadbirlarida ishtirokini tashkil etish.
Musiqa bilan bog'liq kasbni tanlagan bitiruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish.Rag’batlantirish uchun ramziy mukofotlarni topshirish.
|
|
Tasavvurning chegaralanganligi.
|
ijodiy vazifalar topshirish:
- qo'shiq ijro etish;
- so‘zlarga kuy bastalash;
- qahramonning harakatlarini (Yalmog’iz,Zumrad va Qimmat, oqqush malika va boshqalar) yoki ularning yuz ifodalarini tasvirlash;
-Musiqa asboblari ijrosini tasvirlash (arfa, skripka,
nay)
• she'r o'qish (intonatsiyani mashg'ulotlari uchun she'riy material kerak)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |