Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

Mavzuning asosiy tushunchalari: 
 
AGRAR (lotincha agros – yer, dala) – yerga, yerdan foydalanishga, unga egalik 
qilishga oid munosabatlarda ishlatiladigan sо‘z. 
BIZNES (inglizcha “business” – faoliyat, mashg‘ulot) – daromad keltiradigan 
yoki boshqa naf beradigan hо‘jalik faoliyati; sohibkorlik-tijorat ishlari bilan 
shug‘ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bо‘lish. Biznes tovar ishlab 
chiqarish va uni sotish, xizmat kо‘rsatish, transport va boshqa sohalardagi faoliyatdir. 
Biznes xо‘jalik yuritish kо‘lamiga qarab yirik, о‘rta va mayda turlarga bо‘linadi. Yirik 
biznesga asosan ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bо‘lgan, о‘rta biznesda 20-
500 kishi band bо‘lgan korxona va firmalar, mayda biznesga 10-20 va undan kam kishi 
ishlaydigan korxonalar kiradi. 
BOZOR IQTISODIYOTI – kо‘pchilik xalqlarga manzur bо‘lgan va ular 
kelajagini ta’minlovchi hozirgi davrga xos umuminsoniy iqtisodiyot. Bozor 
iqtisodiyoti iqtisodiy faoliyatda erkinlikka, xо‘jalik yuritishda oqilonalik tamoyillariga 
asoslangan demokratik iqtisodiyotdir. 
Bozor iqtisodiyotining о‘ziga xos rivojlanish mexanizmi bor. U iqtisodiy 
stimullarga, ya’ni kishilarning tо‘q va xotirjam yashash, obrо‘-e’tiborga ega bо‘lish, 
hayotda о‘z о‘rnini topish kabi manfaatlarini yuzaga chiqarishga asoslanadi. Bozor 
mexanizmi iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmidir. Bozor iqtisodiyotiga xos 
belgilardan biri erkin, ya’ni liberallashgan narxlarning bо‘lishi va hamisha narxni 
hisobga olib, foyda-zararni nazarda tutgan holda ishlashdir. 
DIVERSIFIKATSIYA (lotincha “diversus” – turlicha, “facare” – qilmoq) – 1) 
iqtisodiyotda har tomonlama kengayish, qо‘shimcha tarmoq yaratish, tarmoqlar sonini 
oshirish. Ya’ni mavjud iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, korxonaning ilgarigi 
tovarlariga о‘xshash yoki ilgari ishlab chiqargan maxsulot xiliga texnologik aloqasi 
bо‘lmagan yangi maxsulotlarni ishlab chiqarishga о‘tish; 2) pedagogikada ta’lim 
tizimini tashkil etish tamoyili. Ta’lim muassasasini ko‘p variantli tarzda tashkil qilish 
imkonini beradi va ta’minlaydi, bir tomondan jamiyat va ishlab yaiqarish talablarini, 
shaxsning manfaati va ehtiyojlarini maksimal darajada qondiradi, ya’ni yagona davlat 
ta’lim tizimidan chetga chiqish imkonini beradi. 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling