Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
Download 399.83 Kb. Pdf ko'rish
|
10 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
- Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi.
Mamlakatimizda 2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilishi munosabati bilan barcha tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga 2-yillik (2018- 2019) maratoriy joriy qilindi. 2018-yil 1-avgustda “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga 10 mln. AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini mustaqil tuzish huquqi berildi (ilgari investitsion shartnomalar faqat hukumat darajasida tasdiqlanar edi). Iqtisodiyotdagi tizimli o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018- yilda 35 foizni tashkil etdi. 2018-yilda mamlakatimizning yalpi ichki maxsuloti o‘sishi 5,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 5,6 % ni tashkil etdi. 2019-yil 24-yanvarda President Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi 2012- yilda tuzilgan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rnida xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etildi. Qarorga ko‘ra, qo‘mita o‘z faoliyatini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi. Milliy iqtisodiyotning rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish maqsadida 2019-yilda zargarlik sohasini rivojlantirish, Atom energetikasini rivojlantirish, Kimyo sanoatini yanada isloh qilish, sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan maxsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektrotexnika sanoatini rivojlaantirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qator Prezident qaror va farmonlari qabul qilindi. 2019-yil O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 4,2 mlrd. dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 3,1 mlrd. dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 mlrd. dollarga ortib, 28,6 mlrd. dollarga yetdi. 93 mingta yoki 2018-yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. 2020-yilgi pandemiya sharoitidagi tashqi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning barcha zaruriy choralari kо‘rildi. Butun dunyo va mamlakatimizda joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan O‘zbekistonda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirildi. Jumladan, Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‘i, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. 2020-yil 4-dekabrda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Ushbu majmuada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali listlar ishlab chiqarilishi yо‘lga qо‘yildi (ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan). Zavodda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, u yiliga 90 mln. dollarlik mahsulot eksport qilish istiqboliga ega. Majmuaning ishga tushirilishi munosabati bilan 700 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2021-yilga kelib mamlakatimizda 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yurita boshladi. Erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 2,6 mlrd. dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilib, 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Kichik sanoat zonalarida esa 5 trillion so‘mlik 1 ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlandi. Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bо‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yil avgust oyida Navoiy viloyati Karmana tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan “Nur Navoiy solar” quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 100 mega vatt bo‘lib, bu yerda yiliga 252 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bundan tashqari mamlakatimiz kimyo sanoat maxsulotlarining yarmi ishlab chiqariladigan “Navoiyazot” aksiyadarlik jamiyatida yiliga 500 ming t. azot kislotasi, 660 ming t. ammiak va 578 ming t. karbamid ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. 2021-yil 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida kо‘lami jihatidan juda noyob va ulkan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bо‘yicha “Uzbekistan GTL” majmuasi ishga tushirildi. Majmuada yiliga 3,6 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi. Undan yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz kabi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. GTL loyihasining umumiy qiymati 3,42 milliard AQSH dollarini tashkil etib, uni moliyalashtirishda Xitoy Davlat taraqqiyot banki (CDB), Koreya eksport-import banki (KEXIM), Koreya savdo va sug‘urta korporatsiyasi (K-SURE), “Gazprombank” AJ, “Roseksimbank” AJ, Rossiya eksport kreditlarini sug‘urtalash agentligi EKSAR, loyiha va investitsiyalar (EXIAR), Credit Suisse, MUFG, Mizuho, Woori Bank, SMBC kabi xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. “Uzbekistan GTL” zavodi shunisi bilan ahamiyatliki, u respublikamizning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilg‘isi va kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga bо‘lgan ichki ehtiyojini qoplashga xizmat qiladi. Yangi zavodning yana bir noyob jihati shuki, u innovatsion va xalqaro standartlar asosida qurilgan bо‘lib, bunday zavod dunyoning sanoqli davlatlari – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada mavjud. О‘zbekiston bu davlatlar qatoriga beshinchi bо‘lib qо‘shildi. Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri – “Ekonomist” jurnali O‘zbekistonni 2019-yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat sifatida “Yil mamlakati” deb e’tirof etdi. O‘zbekiston Jahon bankining 2019-yilgi “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladi va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi. Darhaqiqat prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, bunday baho barchamizga cheksiz g‘urur, iftixor va kuch bag‘ishlaydi hamda yangi marralarga ruhlantiradi. Download 399.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling