Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili


Download 215 Kb.
bet6/31
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#218912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
8-sinf adabiyot 2-chorak

Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi, mavzui, vazni, qofiyasi va radifi haqida ma’lumot bering.

2. Lirik qahramon yordan ko‘ngil uzmoqchi edi. Ickin g‘azalda keltirilgan qaysi asoslarga ko‘ra, kundan-kunga oshiqligi ortib boryapti?

3. Uchinchi baytda qaysi so‘zlar orasida tazod hosil bo‘lgan?.

4. G‘azalda qanday undalmalar (murojaatnomalar) mavjud?


«DEYIN»

Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,

Ko‘ngluma har binning dard-u balosinmu deyin?!

Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,

Bu kudurat ora ruxsori safosinmu deyin?!

Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,

Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?!

Yetti baytli bu g‘azalda «deyin» so‘zi faqat radifdagina takrorlanib kelmaydi. Radifda sakkiz bor qo‘llanishidan tashqari, yana o‘n ikki (jami yigirma) bor takrorlanadi. Radd ul-matla’ (matla’ni takrorlash) san’ati asosida birinchi misra g‘azalning so‘nggi misrasi sifatida yana bir bor keladi. Bu takrorlar ham g‘azal ohangi-yu jarangini, ham fikr ta’kidini, ham oshiq his-hayajoni ifodasini kuchaytirgan.

G‘azaldagi ohangdorlik faqat qofiya va radif orqaligina ta’minlanmagan. Baytlarning birinchi misralarida ham ichki ohangdorlik («yosinmu – qarosinmu», «qahrinmu – zahrinmu...» va hokazo) mavjud.


Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling