d) rivojlantiruvchi maqsad –o`quvchilar so`z boyligini oshirish, nutqini o`stirish, fikrlashga o`rgatish,xotirasini mustahkamlash.Jahon adabiyotining nodir durdonalari bilan tanishtirish
Darsning jihozi: Tezkor savollar,turli texnik vositalar,turli badiiy asarlar
Darsning rejasi:
1.Alisher Navoiy hayot yo`li
2. G`azallar vazni haqida
2.G`azaning mazmuni bilan tanishtirish
Darsning usuli: Induktiv (bosqichma-bosqich)
Darsning turi:Yangi bilimlarni o`rganish
Sana
|
Darsning umumiy vaqti
|
Darsning
|
tarkibiga
|
ajratilgan
|
vaqt
|
|
Dasning tashkiliy qismi
|
O`tgan mavzuni takrorlash
|
Yangi dars bayoni
|
Yangi darsni mustahkamlash
|
Uy vazifasini baholash
|
8.10
|
45 daqiqa
|
3 daqiqa
|
10 daqiqa
|
10 daqiqa
|
17 daqiqa
|
5 daqiqa
|
1.Darsning tashkiliy qismi:
A) salomlashish
B) davomat
E) Ta`lim-tarbiya ishlari
2.O`tilgan mavzularni takrorlash
Yangi mavzu:
«QILG‘IL»
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Sakkiz baytli bu g‘azal asrlar osha el orasida mashhur bo‘lib kelyapti. Radifi sof turkiy (o‘zbekcha) so‘z. Qofiyasiga shoir anabiy («fan», «vatan», «rasan», «kafan»), forsiy («ko‘hkan», «shikan», «anjuman») kalimalarga ohangdosh o‘zbekcha so‘z («tikan») ham topadi.
Matla’ni sharhlashning o‘zidayoq bu g‘azalda qanchalar ma’no-mazmun yashirin ekani ayonlashadi. Lirik qahramon oshiq tarzida so‘z boshlab, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri «qaro ko‘zum» deb murojaat qiladi, kelib odamgarchilik («mardumlig‘») qilishni, yana ham aniqrog‘i, oshiq ko‘zi qorasida gavhar («mardum kibi») vatan tutishni so‘raydi. «Mardum kibi» ifodasida zimdan «odamdek» degan ma’no ham yashirin. Bilamizki, ko‘z qorachig‘i ichida yana qop-qora gavhar («gavharak» ham deyishadi) bor. U eski tilimizda «mardumak» deb ham ishlatilgan. Hozir ham bu shakl ayrim shevalarimizda saqlanib qolgan. Demak, shoir birinchi va ikkinchi misralarda shakldosh (omonim) so‘zlar ishlatib, tajnisga erishgan.
Matla’da Navoiyga murojaat qilina turib, lirik qahramon, agar jon aro shavq anjumanini tuzsang, uning boshoqlik o‘qini shu anjumanning sham’i qilgin, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |