Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi va mavzui haqida ma’lumot bering.
2. Muhabbat darajasini bildirish uchun nega shoir aynan yor go‘zalligi belgilarini ta’riflashni bosh masala qilib qo‘ygan?
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering.
4. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
Mussalsal g`azal
«JONG‘A CHUN DERMEN: «NE ERDI O‘LMAKIM KAYFIYATI?»
Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?»
Derki: «Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati».
Jismdin so‘rsamki: «Bu vaz’ingg‘a ne erdi sabab?»
Der: «Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati».
Do'stlaringiz bilan baham: |