Mavzu: Oksidli minerallar Reja: Oksidli minerallarning xususiyatlari 2


Xromshpinelidlar – (Mg,Fe), (Cr,Al,Fe)


Download 162.93 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi162.93 Kb.
#1493917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oksidli minerallar

Xromshpinelidlar – (Mg,Fe), (Cr,Al,Fe)2O4. Kimyoviy tarki- biga binoan xromshpinelidlar quyidagi turlarga bo‘linadi: xromit –FeCr2O4, magnoxromit (Mg,Fe)Cr2O4, alyumoxromit – Fe(Cr2Al)2O4 va xrompikotit (Mg,Fe)(Cr,Al)2O4. Ushbu turlarda Cr2O3 miqdori 18– 62 %gacha o‘zgaradi, FeO – 0–18 %, MgO – 6–16 %, Al2O5 – 33 %, Fe2O3 – 2–30 %. Bulardan tashqari tarkibida TiO2 – 2 %gacha, 1,0 % chamasi MnO va biroz vanadiy oksidi bo‘ladi. Ular kub singoniyali. O‘ta asosli jinslarda xromit oktaedrik shakllarda mavjud.
Donador, yirik kristalli yaxlit agregatlar tarzida uchraydi. Rangi qora, yarim shaffof, ba’zan to‘q qizil, jigar rangli. Xromshpinelid- larning yaltirog‘ligi metalldek, qattiqligi – 5,5–7,5; ulanish tekisligi yo‘q, solishtirma og‘irligi – 4,8; tarkibida temir bo‘lgan xromshpine- lidlar kuchsiz magnit tortish xususiyatiga ega. Xromshpinelidlar doi- mo o‘ta-asosli magmatik jinslarning oralarida shtok, uyasimon, ustun- simon shaklli yirik konlar hosil qiladi. Ayrim o‘ta-asosli intruziv jins- larda xromshpinelidlar platinoid guruhi minerallari bilan birga parage- netik bog‘liqligi aniqlangan. Nurash zonalarida xromshpinelidlar kimyoviy barqaror; ammo issiq iqlimli sharoitda ular ham oksidlanadi va parchalanadi.
Shpinel – MgAl2O4. Tarkibida MgO – 28,2, Al2O3 – 71,8 %ni tashkil etadi. Shpinel – kub singoniyali. Odatda jinslar oralarida oktae- drik shakllarda uchratish mumkin. Uning kristallari uncha katta bo‘lmaydi; ba’zan yirik 25 sm.lik donalari uchraydi. Shpinel rangsiz, shaffof; har xil rangli – qizil, pushti, yashil, ko‘k ranglilari mavjud. U shisha kabi yaltiraydi, qattiqligi – 8, solishtirma og‘irligi – 3,8. Kis- lotalar ta’sir etmaydi.
Shpinellarkontakt-metasomatikjarayonlarmahsulibo‘lib,granatlar, piroksenlar bilan birga paragenetik uyushmalarda uchraydi. U ba’zan pegmatitlarda yuzaga keladi. Shpinelning mutlaqo shaffof va darzi yo‘q yirik kristallari qimmatbaho bezak toshlar sifatida ishlatib kelinmoqda.

Download 162.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling