Mavzu: Oksidli minerallar Reja: Oksidli minerallarning xususiyatlari 2


Download 162.93 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi162.93 Kb.
#1493917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oksidli minerallar

Gematit – Fe2O3. Nomi – «gematikos», rangi qonga o‘xshash. Tarkibida Fe – 70 %, O – 30 %, kam miqdorda Ti bilan Mg ishtirok etadi. U trigonal singoniyali bo‘lib, plastinkasimon, romboedrik, ba’- zan kichik taxtachasimon kristallar holida uchraydi. Bulardan tashqari zich yaxlit massalar holida, varaq-varaq agregatlarga o‘xshash ko‘ri- nishlarda bo‘ladi. Gematitning rangi – kul rang, qora. Uning chizig‘i olchadek qizil, shaffof, ba’zan yarim metall kabi yaltiraydi. Gematit-
ning qattiqligi – 5,5–6,0, solishtirma og‘irligi – 5,2, ancha mo‘rt bo‘- ladi. U HCl da sekin eriydi.
Gematit asos, o‘rta va nordon intruziv jinslarda paydo bo‘ladi, ba’zan gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Regional metamorfizm hosilasi kristallik slanetslarda va kontaktli metamorfik jinslarda ko‘p uchraydi.
Gematit temir olishda asosiy sanoatbop xomashyo hisoblanadi.
Rutil – TiO2. Nomi yunoncha; «rutilus» – qizil degani. Bunda Ti

  • 60 %, O – 40 % bo‘ladi. Rutilning temirga boy xilini nigirin, niobiy va tantalli turi – stryuverit deb yuritiladi. Rutilning tolasimon, qilsi- mon ko‘rinishidagisi «sagenit» deyiladi. U tetragonal singoniyada kristallanadi; odatda prizmasimon, ninasimon, ustunsimon shakllarda bo‘ladi. Rutil qo‘ng‘ir, to‘q sariq, qizil va qora ranglarda uchraydi. U olmos kabi yaltiraydi, qattiqligi – 6, solishtirma og‘irligi – 4,2; ancha mo‘rt mineral.

Rutil xilma-xil sharoitlarda hosil bo‘ladi. Kamdan kam holda o‘r- ta va nordon intruziv jinslarda va ular pegmatitlar hamda metamorfik jinslarda paydo bo‘ladi.
Kassiterit – SnO2. Yunoncha «kassiteris» – qalayi degani. Tarki- bida – Sn – 78,8 %, aralashma holda Nb, Ta, Ti uchraydi. U tetragonal singoniyali. Kassiterit kristallari keng tarqalgan. Ular mayda; ba’zan 10 sm gacha yiriklarini uchratish mumkin. Uning rangi – to‘q-qo‘n- g‘ir, ba’zan qora smolaga o‘xshash. U olmos kabi yaltiraydi. Qattiqligi

  • 6–7, solishtirma og‘irligi – 6,8–7,0, mo‘rt mineral. Kassiterit genetik jihatdan nordon intruziv jinslar bilan uzviy bog‘liq. Kassiterit kontakt- metasomatik sulfid konlarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari gidro- termal sharoitda kvars-kassiterit va sulfid-kassiterit formatsiyali yirik konlarini hosil qiladi. Kassiterit ma’danlari qalayi olinadigan birdan- bir xomashyohisoblanadi.


Download 162.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling