Mavzu: Oksidli minerallar Reja: Oksidli minerallarning xususiyatlari 2


Download 162.93 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi162.93 Kb.
#1493917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oksidli minerallar

Xrizoberill – BeA12O4. Uning zumrad kabi yashil turi «aleksan- drit» deyiladi. Xrizoberill tarkibi quyidagicha: BeO – 19,8 %, Al2O3 – 80,2 %, aralashma sifatida Fe2O3 – 3,5–6 %, ba’zan TiO2 – 3 %gacha va Cr2O3 – 0,4 % ishtirok etadi.
Aleksandritning zumrad kabi yashil rangi xrom aralashmasiga bog‘liq. Xrizoberill rombik singoniyali bo‘lib, kristallari qalin taxta- simon, ba’zan qisqa va uzun ustunsimon prizmatik bo‘ladi. Xrizoberill odatda sariq rangli, yashilroq, goho rangsiz bo‘ladi. Uning qattiqligi – 8,5; solishtirma og‘irligi 3,8; ulanish tekisligi ba’zi tomonlari bo‘yicha mukammal. U kislotalarda erimaydi, ancha barqaror mineral.
Xrizoberillning mineral uyumlari pegmatitlarda, kontakt- metasomatik jarayonlarda yuzaga keladi. U slanetslar oralarida ham paydo bo‘ladi va zumrad, dala shpatlari bilan birga uchraydi. Xrizobe- rillning shaffof, go‘zal rangli xillari qimmatbaho bezak tosh sifatida ishlatilmoqda.
Kolumbit-tantalit – (Fe,Mn)Nb2O6–(Fe,Mn)Ta2O6uzluksiz izomorf aralashmalar qatorini hosil qiladi. Tabiatda kolumbit va tan- talit alohida mineral holda uchraydi. Kolumbitda 10–12 % Ta2O5, tantalitda esa – 46–62 % Ta2O5 bo‘ladi. Ba’zan tarkibida skandiy va lantanoidlar – 2 %, titan – 4,6 %, qalayi, volframlarning miqdori – 1 foiz atrofida aniqlangan. Ular rombik singoniyali bo‘lib, taxtasimon, ayrimda kalta ustunsimon kristallari aniqlangan. Ularning rangi qora, qo‘ng‘ir-qora, yarim metall kabi yaltiraydi, qattiqligi – 6, solishtirma og‘irligi – 5,2–8,2 gacha. Kolumbit o‘zidan elektr toki o‘tkazadi ham- da kislotalarda erimaydi. Kolumbit va tantalitni tashqi belgilariga qa- rab ajratish qiyin.
Bularning yirik uyumlari nordon va ishqorli jinslarning pegmatit- larida yuzaga keladi va kvars, muskovit, turmalin, volframit, kassite- rit, samarskit va monatsitlar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. U oksidlanish zonalarida barqaror, ularning sochma konlari ham uchrab turadi. Bu minerallarning konlari Norvegiya, Fransiya, Rossiya (Kola yarim oroli), O‘zbekistonda Nurota tog‘larida Oqtog‘ va Oqchop gra- nitlarining pegmatitlarida topilgan. Ushbu minerallar niobiy va tantal metallarini qazib olishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Download 162.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling