Mavzu: Oksidli minerallar Reja: Oksidli minerallarning xususiyatlari 2


Download 162.93 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi162.93 Kb.
#1493917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oksidli minerallar

Xalsedon – SiO2tolasimon tuzilishga ega. Odatda rangsiz, oq, kul rang va boshqa ranglarda uchratish mumkin. Rangining o‘zga- rishiga sabab tarkibida xromofor – rang beruvchi temir, xrom, nikel- larning mavjudligidir.
Koesit – SiO2kremniy oksidining zich turlaridan bo‘lib, birinchi marta sun’iy ravishda yuqori bosim (35000 atm.) va kuchli haroratda (500–800°), yapon olimi Koes (1953) tomonidan Na2SiO3 va (NH4)HPO4 birikmalaridan olindi.
Stishovit – SiO2. Tetragonal singoniyali kremniy oksidining eng zich turi (4,3 g/sm3). U yuqori bosim (160000 atm.) va kuchli haro- ratda (1200–1400 °C) Rossiya olimlari Stishov va Popovlar (1961) to- monidan sun’iy ravishda olingan.
Ilmenit – FeTiO3. Tarkibida Fe – 36,8 %, Ti – 31,6 %, O – 31,6 foiz. Nomi Uraldagi Ilmen tog‘i nomlaridan olingan. U trigonal singo- niyali bo‘lib, tabiatda yo‘g‘on ustunsimon, plastinkasimon ko‘rinishda paydo bo‘ladi. Ilmenit – temir kabi qora, ba’zan po‘latga o‘xshash kul rang, yarim metall kabi yaltiraydi, qattiqligi – 5–6, solishtirma og‘irli- gi – 4,7, kuchsiz magnitlilik xususiyatga ega. Ilmenit titan olishda asosiy mineral hisoblanadi. Ilmenitlar asos intruziv jins – gabbroidlar bilan uzviy genetik bog‘liq. Bunda ilmenit, magnetit, apatitlar bilan birga uchraydi.
Magnetit – FeO·Fe2O3. Magnetit tarkibida 72,4 % temir bo‘ladi. Magnetit tarkibida TiO2 bir necha foiz bo‘lsa, «titanomagnetit» deyi- ladi; agar bir necha foiz xrom bo‘lsa, unda «xrommagnetit» deb atala- di. U kub singoniyali bo‘lib, tabiatda oktaedrik, rombododekaedrik qiyofalarda bo‘ladi. Magnetitning rangi qora, yarim metall kabi yalti- raydi. Qattiqligi 5,5–6, solishtirma og‘irligi – 4,9–5,2. Kub bo‘yicha ulanish tekisligi mukammal. Kuchli ravishda magnit tortish xususiyat- lariga ega. Ammo uni 580 °C ga yaqin haroratda qizdirganda magnit tortish xususiyati to‘satdan yo‘qoladi, sovuganda yana magnit torta- digan bo‘lib qoladi. Magnetit turli jinslarda uchraydi va magmatik jinslarda xol-xol donador shakllarda bo‘ladi.

Download 162.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling