Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari


I.2. Suv omborlarining turlari va ular bilan bog’liq bo’lgan muammolar


Download 295.21 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi295.21 Kb.
#1564973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ZAFARBEK-KURS ISHI

I.2. Suv omborlarining turlari va ular bilan bog’liq bo’lgan muammolar.
Daryo va soylar oqimini tartibga solish sharoitiga bog‘liq holda suv omborlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
a) daryolar oqimini oy yoki hafta davomida tartibga solib turadigan suv omborlari. Bunday suv omborlarini qurishdan asosiy maqsad sanoat korxonalari, aholi punktlari, chorvachilik fennalarini suvga bo‘lgan ehtiyojini doimiy ta’minlashga erishishdir;
b) daryolar oqimini mavsumlararo tartibga solishga mo‘ljallangan suv omborlari. Bunday suv omborlarining asosiy vazifasi to‘linsuv va toshqin davrlarida suvni to‘plash va undan daryolarda suv kamaygan paytlarda foydalanishdir. O‘lkamizdagi ko‘pgina suv omborlari shu turga mansubdir. Misol qilib Kosonsoy, Chorbog‘, Andijon, Pachkamar, Tallimarjon kabi suv omborlarini aytib o‘tish mumkin;
v) daryolar oqimini yillararo tartibga solishga mo’ljallab qurilgan suv omborlari. Bu turdagi suv omborlari ko‘p suvli yillarda suvning bir qismini saqlab qolish va undan kam suvli yillarda foydalanish maqsadida quriladi. Masalan, Norin daryosidagi To‘xtag‘ul, Vaxsh daryosidagi Norak suv omborlari shu turga mansubdir.
Suv omborlari joylashish o‘miga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘lnadi:
- о‘zan suv omborlari;
- to‘ldiriladigan suv omborlari.
О‘zan suv omborlari daryo yoki soylar vodiylarida baland to‘g‘onlar qurib, suv oqimini bevosita to‘sish yo’li bilan barpo etiladi. O‘lkamizdagi ko‘pchilik suv omborlari, jumladan, Chorbog‘, Kosonsoy, Qayroqqum, Chordara, Tuyabo‘g‘iz, Pachkamar suv omborlari shu turga misol bo‘ladi. To‘ldiriladigan suv omborlari daryo o‘zanidan chetda joylashgan tabiiy chuqurliklar, botiqlarni suvga to’ldirish yo’li bilan barpo etiladi. Botiqlar yetarli darajada chuqur bo’lmasa, ularning tevaragi dambalar bilan ko‘tarilib yoki tubini chuqurlashtirish yo’li bilan suv sig’imi orttiriladi. Ular daryo o‘zanidan chetda bo’lganligi sababli suv maxsus kanallar orqali keltiriladi. Masalan, Qashqadaryo viloyatidagi Tallimarjon suv ombori Qarshi magistral kanali yordamida Amudaryo suvi hisobiga, Surxondaryo viloyatidagi Uchqizil suv ombori Zang kanali yordamida Surxondaryo suvi hisobiga to’ldiriladi. Farg‘ona vodiysidagi Karkidon, Buxoro viloyatidagi Quyimozor, To‘dako‘l suv omborlarini ham shu turga misol qilib keltirish mumkin [2].
Suv omborlari barpo etilgach, ularning har biri o‘ziga xos bo‘lgan suv sathi, harorati, gidroximiyaviy, gidrofizik va gidrobiologik rejimlarga ega bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda daryolar, kanallar suvi bilan oqib keladigan oqiziqlar va suv massalarining shamol ta’sirida harakatlanib, to‘lqinlar hosil bo‘lishi, ular ta’sirida qirg‘oqlarning yemirilishi tufayli suv ombori kosasining shakli va hajmi o‘zgara boradi.
Bundan tashqari suv ombori bunyod etilgach, u egallagan va uning ta’siri seziladigan hududlarda ham keskin o‘zgarishlar bo'ladi. Bu o‘zgarishlar majmuiga quyidagilar kiradi:
- ko‘plab yer maydonlari suv ostida qoladi;
-nega osti suvlari rejimi o‘zgaradi;
- suv omborining ta’siri seziladigan yerlardagi tuproqning suv bilan bog‘liq xususiyatlari o'zgaradi;
- meteorologik elementlar havo harorati, havo namligi, shamol rejimi o‘zgaradi. Ayrim yirik suv omborlari ta’sirida atrof hududda hatto bulutlik va yog‘in miqdori ham o‘zgaradi;
- yuqoridagi o‘zgarishlarga bog’liq holda va ularning natijasi sifatida suv ombori hamda uning atrofida o‘simlik qoplami, hayvonot olami ham o‘zgaradi.
Suv omborlarini qurish natijasida har bir hududning suv balansi elementlarida ham o‘zgarish bo‘ladi. Bevosita o’lkamiz misolida ko‘radigan bo‘lsak, suv omborlarining barpo etilishi suv yuzasidan bo’ladigan bug‘lanish miqdorining ortishiga sabab bo’lganiga ishonch hosil qilamiz. Bunga dalil sifatida A.M.Nikitin tomonidan aniqlangan ma’lumotlarinii keltirish mumkin. Suv omborlari yuzasidan bo’ladigan o‘rtacha yillik bug’lanish miqdori undagi suv hajmiga nisbatan 0,6 foizdan (Kosonsoy suv ombori) 13 foizgacha (Tuyamo‘yin suv ombori) o‘zgaradi. Shu narsa ham ma’lumki, tekislikdagi suv omborlari yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori tog‘lardagiga nisbatan bir muncha katta bo‘ladi. Tog’lardagi suv omborlarining afzalligi yana quyidagilardan iborat: daryo vodiysi mavjud bo’lgani uchun faqat to‘g‘on qurish kerak; katta yer maydonlarini suv bosmaydi; ulaming yer osti suvlari sathiga ta’siri tekislikdagi kabi salbiy oqibatlarga olib kelmaydi; elektr energiya olish uchun qulay. Suv omborlari barpo etilgach, juda katta miqdordagi suv ko‘lami to‘ldirishga sarf bo‘ladi. Bu esa suv omborlari qurilgan hududning suv zahiralariga ma’lum darajada ta’sir etadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, suv omborlarining foydali (boshqarib turiladigan) hajmini to’ldirishga ketadigan sarf vaqtinchali, ya’ni istalgan vaqtda undan foydalanish mumkin bo’lsa, foydasiz hajmini to’ldirishga ketgan suvdan esa bunday foydalanishning imkoniyati yo‘q.
Hozirgi kunga kelib, o’lkamizda ko‘plab katta-kichik suv omborlari ishlab turibdi. Ular o‘zi joylashgan hududning suv havzalari qatoridan munosib o‘rin egallagan va shu hudud xalq xo‘jaligining tegishli sohalariga xizmat qilmoqda. Har bir suv omborida, U qaysi davlat hududida joylashgan bo’lsa, shu davlat Gidrometeorologiya xizmati va Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari tomonidan maxsus kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatishlar suv omborlarining suv sathi rejimini, gidrobiologiyasini, gidroximiyasini, gidrofizikasini, gidrodinamikasini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi. Ayni paytda to‘plangan kuzatish ma‘lumotlari suv omborlariga xos bo‘lgan qonuniyatlami to‘la ochib berish uchun yetarlidir. Bu vazifani bajarish va har bir suv ombori haqida tegishli xulosalar chiqarish mutaxassislar-gidrologlaming vazifasidir [1].

Download 295.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling