Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari


Download 295.21 Kb.
bet11/11
Sana18.06.2023
Hajmi295.21 Kb.
#1564973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ZAFARBEK-KURS ISHI

Chorvoq suv ombori — Chirchiq daryosining boshlanish qismida qurilgan (1963—70) gidrotexnika inshooti. Qishloq xo’jaligini bir meʼyorda suv bilan taʼminlash, toshqinlarning oldini olish va gidrotexnika maqsadlarida barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Suv ombori Chatqol va Ugom toglari orasiga qurilgan. Tosh tuproqli toʻgʻoni uzunligi 768 m, balandligi 168 m, yuqori qismining eni 12 m. Toʻgʻonda Chorvoq GESni suv bilan taʼminlash uchun uzunligi 800 m va diametri 11 m boʻlgan 2 ta tunnel bor. Chorvoq suv omborining toʻla sigʻimi 2006 mln. m3, shundan foydali suv hajmi 1580 mln. m3, suv yuzasi sathi 40,1 km², eni ayrim joylarda 10 km, uzunligi 19 km, maksimal chuqurligi 131 m, oʻrtacha chuqurligi 55 m. Suv omboriga Piskom, Koʻksuv, Chatqol daryolari quyiladi.
Suv oqimi koʻpayib, xatarli darajaga yetganda suvni chiqarib yuboradigan shaxtali (1200 m³/sek) va 2 ta pogʻonali (450 m³/sek va 500 m’/sek) suv tashlagichlar bilan jihozlangan [7].
Chorvoq suv ombori Chirchiq—Boʻzsuv suv-energetika traktining bir meʼyorda suv bilan taʼminlaydi. Uning barpo etilishi bilan suv kam boʻlgan yillari Toshkent vohasidagi va Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi 355 ming ga dan ortiq yerni barqaror suv bilan taʼminlash (shundan yangi oʻzlashtirilgan yerlar 150 ming ga), Chirchiq daryosining yuqori oqimida roʻy beradigan suv toshqinlariga barham berish imkoniyatlari yaratildi [8].


XULOSA
Xulosa qilib aytganimizda kurs ishida O’rta Osiyo suv omborlariga va shuningdek O’zbekistonning suv omborlariga atroflicha ta’rif berishga harakat qildim.
Suv omborlari qurish o‘lkamiz kabi qurg‘oqchil hamda qishloq xo‘jaligi sug‘orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko‘pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlami suv bilan ta’minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta’minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi.
Ma’lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumdanmavsumga va u yildan bu yilga o‘zgarib turadi. O‘lkamiz sharoitida, qishloq xo‘jaligida suvga bo‘lgan talab ortgan mavsumlarda ko‘pchilik daryo va soylarda suv keskin kamayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi. Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to‘la va samarali foydalanish maqsadida ulaming oqim rejimini boshqarib turish zarur. Bu muammoni daryo larda sun’iy ko‘llar suv omborlari barpo etish yo‘li bilan hal etiladi.
Respublikamizda ishlab turgan, nisbatan yirik hisoblangan suv omborlari to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlar bor. Suv omborlarining turlari. Suvni to‘plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori boiadi. Suv omborlari umumiy ko‘rinishi, suvni to‘plash shartsharoitlari, to‘g‘onining qurilishi usullari bo‘yicha xilma-xildir. Ana shu belgilari bo‘yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: yopiq suv omborlari; ochiq suv omborlari. Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan kattakichik idishlar, rezervuarlar kiradi. Bunday suv omborlari temirdan, temir-betondan, tosh va boshqa materiallardan quriladi.
Suv omborlari barpo etilgach, ulaming har biri o‘ziga xos bo‘lgan suv sathi, harorati, gidroximiyaviy, gidrofizik va gidrobiologik rejimlarga ega bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda daryolar, kanallar suvi bilan oqib keladigan oqiziqlar va suv massalarining shamol ta’sirida harakatlanib, to‘lqinlar hosil bo‘lishi, ular ta’sirida qirg‘oqlarning yemirilishi tufayli suv ombori kosasining shakli va hajmi o‘zgara boradi.
Hozirgi kunga kelib, o’lkamizda ko‘plab katta-kichik suv omborlari ishlab turibdi. Ular o‘zi joylashgan hududning suv havzalari qatoridan munosib o‘rin egallagan va shu hudud xalq xo‘jaligining tegishli sohalariga xizmat qilmoqda. Har bir suv omborida, U qaysi davlat hududida joylashgan bo’lsa, shu davlat Gidrometeorologiya xizmati va Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari tomonidan maxsus kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatishlar suv omborlarining suv sathi rejimini, gidrobiologiyasini, gidroximiyasini, gidrofizikasini, gidrodinamikasini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. G’. X. Yunusov, R.R.Ziyayev. Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik. Toshkent-2018

  2. A.R.Rasulov, F.H.Hikmatov, D.P.Aytboyev. Gidrologiya asoslari. “UNIVERSITET”. Toshkent-2003.

  3. I.A.Xasanov, P.N.G’ulomov, A.A.Qayumov. O’zbekiston tabiiy geografiyasi (2-qism). Toshkent-2010.

  4. P.Baratov, M.Mamatqulov. O’zbekiston tabiiy geografiyasi “O’QITUVCHI”.Toshkent-2017.

  5. P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. “O’QITUVCHI”. Toshkent-2002

  6. www.wikipedia.uz

  7. www.meros.uz

Download 295.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling